2026-yilning dastlabki 9 oyi davomida tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş maqsadida 107 167 ta himoya orderi rasmiylaştirildi, deb maʼlum qildi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Agentlikning bildirişiça, ötgan davrda birlamçi kömak xonalarida 5 995 nafar ayol va 2 842 nafar bola yordam olgan.
Hududiy reabilitatsiya markazlarida 1 132 nafar ayol va 1 575 nafar bolaga xizmat körsatilgan.
Şuningdek, 453 nafar şaxs kasb-hunarga örgatilgan, 836 nafariga tibbiy yordam olişda kömaklaşilgan. 352 nafar bolani maktabga, 541 nafarini esa boğçaga joylaştirişga yordam berilgan.
Sudlarga 810 ta ariza kiritilgan. Aliment böyiça 305 ta, ijro harakatlari böyiça 223 ta, uyga kiritiş böyiça 76 ta, hujjatlarni tiklaş böyiça 37 ta va mulkni böliş böyiça 30 ta amaliy yordam körsatilgan.












