Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga köra, yöl-transport hodisasi 9-oktabr kuni soat 13:50 larda Sebzor köçasida, 9-oilaviy poliklinika qarşisida sodir bölgan.
FAW yuk maşinasini boşqarib ketayotgan, 1985-yilda tuğilgan J.B. boşqaruvni yöqotib, oraliq masofani saqlay olmagan. Natijada transport vositasi qizil çiroqda töxtab turgan uçta transport vositasiga urilgan.
Hodisadan söng ikkala Damas haydovçisi va bir nafar yölovçiga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Boşqa jarohat olganlar yöqligi bildirilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB masʼul xodimlari suriştiruv olib bormoqda.
YHXB haydovçilarni harakat vaqtida yöl harakati qoidalariga qatʼiy amal qiliş va transport vositalari örtasidagi oraliq masofani saqlaşga çaqirgan.












