Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 8 iyuldagi 372-son qarori bilan «Xorijiy kinokompaniyalarning Özbekiston hududida öz filmlarini yaratiş bilan boğliq xarajatlarining bir qismini qaytariş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur hujjat xorijiy kinokompaniyalarga Özbekistonda film suratga oliş jarayonida sarflangan mablağlarning bir qismini rebate dasturi orqali qaytariş tartibini belgilaydi.

Nizomga köra, kompensatsiya miqdori tasdiqlangan xarajatlar hajmiga qarab quyidagiça belgilangan:

  • 3 mlrd sömgaça — 10 foiz;

  • 3 mlrd sömdan 5 mlrd sömgaça — 15 foiz;

  • 5 mlrd sömdan 10 mlrd sömgaça — 20 foiz;

  • 10 mlrd sömdan ortiq bölganda — 25 foiz.

Bunda bir film uçun qaytariladigan mablağ 4 mlrd sömdan oşmaydi.

Rebate dasturida iştirok etiş uçun xorijiy kinokompaniya maxsus elektron platforma orqali ariza topşiradi. Özbekiston hududidagi tasvirga oliş işlari yakunlanganidan keyin amalga oşirilgan xarajatlarni tasdiqlovçi hujjatlar 60 kun içida platformaga yuklanişi lozim.

Arizalar komissiya tomonidan 15 iş kuni davomida körib çiqiladi. Ijobiy xulosa berilgan taqdirda, kompensatsiya mablağlari 5 iş kuni içida xorijiy kinokompaniyaning hisob raqamiga ötkaziladi.

Yangi tartib Özbekistonni xalqaro kino işlab çiqariş uçun yanada jozibador maydonga aylantiriş, çet el investitsiyalarini jalb qiliş hamda milliy kino industriyasi rivojini qöllab-quvvatlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.