DW xabariga köra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 18-oktabr keçqurun aholiga murojaatida talonçilik, vayronkorlik va politsiya xodimlariga nisbatan zöravonlikni qoralagan.
«Nega fransuzlar Fransiyaga bunday qilmoqda?» - degan prezident tartibsizlik iştirokçilarining harakatlariga munosabat bildirib. U vayronkorlik va talonçilik qilganlar yetkazilgan zararni qoplaşi kerakligini aytgan.
Şu bilan birga, Makron namoyişçilar kötarayotgan muammolar - turmuş xarajatlarining ortişi, real iş haqining pasayişi va taʼlim tizimidagi holatga ham töxtalgan. U hukumat yaqin vaqtda aholi bilan muloqot qilib, yeçimlar ustida işlaşini vaʼda qilgan.
«Heç narsa bu zöravonlikni oqlamaydi», - deya taʼkidlagan Fransiya rahbari.
17-oktabrdagi aksiyalar davomida Parijda avtomobillar va önlab dökonlarga zarar yetkazilgan. Marselda tartibsizlik iştirokçilari meriya binosiga bostirib kirgan, Lionda esa şahar turistik ofisi binosiga öt qöyilgan.
Norozilik harakati öquv yili boşida maktab öquvçilarining çiqişlaridan boşlangan edi. Ular taʼlim tizimini moliyalaştirişni köpaytiriş va oliygohlarga kiriş sinovlarini isloh qilişni talab qilgan.
Keyinçalik ularga talabalar, kasaba uyuşmalari, fermerlar va «sariq nimçalilar» harakati iştirokçilari qöşilgan. Talablar doirasi ham kengayib, Fransiyadagi byudjet inqirozi fonida turmuş qimmatlaşişiga qarşi norozilik asosiy masalalardan biriga aylangan.













