Prezident qarori bilan, Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi taşkil etildi.

Qömita – Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qömitasining huquq va majburiyatlari böyiça vorisi hisoblanadi.

    Milliy turistik mahsulotlarni jahonda ommalaştiriş maqsadida, Turizm qömitasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari taşkil etiladi.

    Şuningdek, qömita raisining milliy turistik mahsulotlarni ommalaştiriş böyiça örinbosari lavozimi kiritiladi. U “Milliy PR-markazi” davlat muassasasi va vakolatxonalar faoliyatini muvofiqlaştiradi, milliy turizm marketingi uçun mas’ul böladi.

    Farmon bilan, Turizm qömitasiga (boşqa vazirlik-idoralar bilan birgalikda) quyidagi masalalarda takliflar va tegişli hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş vazifasi yuklatildi:

    • Özbekistonga kiriş uçun vizasiz rejim joriy etiladigan davlatlar röyxatini kengaytiriş;
    • Özbekistonga kiriş va uning hududida böliş bilan boğliq tartib-taomillarni soddalaştiriş;
    • respublikaning turizm-transport logistikasini rivojlantiriş;
    • turizm sohasini 2040 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi;
    • 2030 yilgaça möljallangan turistik xizmatlar bozorlarida marketing strategiyasi (targetlangan reklamani keng joriy etişni nazarda tutadi).

    2026 yil 1 fevraldan boşlab, çet el fuqarolari Özbekistondan çiqib ketişda xarid qilingan tovarlar uçun tölangan QQSni naqd pul şaklida ham qaytarib olişi mumkin böladi.

    2026 yil 1 iyuldan boşlab, xorijiy turistlarning roziligi asosida Davlat çegarasini kesib ötişda yiğiladigan ma’lumotlarni integratsiya qilgan holda turistik elektron SIM-karta bilan ulaş va vaqtinça böliş joyi böyiça röyxatga oliş proaktiv şaklda amalga oşiriladi.

    Quyidagilar 2030 yilgaça turizm sohasini rivojlantirişning asosiy maqsadlari etib belgilandi: