29-30 oktabr kunlari Samarqandda bölib ötayotgan «Global Talent Forum» xalqaro forumining kun tartibidan yoşlarning bilim va tajribasini mamlakat taraqqiyotiga yönaltiriş hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş kabi mavzular örin olgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi «El-yurt umidi» jamğarmasi taşkil etayotgan forumning boş hamkori – Özbekiston Milliy banki (NBU), strategik hamkori esa «Uzbekistan’s Club» xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti. MKBANK, «Xalq banki» AT, «Agrobank» ATB, «Uzbekistan Airways» AJ va «PEPSI» ham forum hamkorlari hisoblanadi.

Anjumanda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT), Turkiya Oliy taʼlim kengaşi, Xalqaro taʼlim instituti (IIE), «Bolaşaq» dasturi, Germaniya akademik almaşinuv xizmati (DAAD), British Council, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Education USA vakillari ham iştirok etmoqda.

«El-yurt umidi» jamğarmasi maʼlumotlariga köra, 2025-2026 yillarda ötkazilgan uçta oçiq tanlovda qariyb 500 nafar yoşlar Prezident stipendiyasiga sazovor bölgan. Ularning 80 foizi dunyoning Top-100 universitetlariga qabul qilingan. Forumda bu kabi taʼlim dasturlarining natijalari, xorijda tahsil olgan yoşlarning bilim va tajribasidan Özbekistonda foydalaniş imkoniyatlari, şuningdek, malakali kadrlar tayyorlaşda xalqaro taşkilotlar, taʼlim muassasalari va moliya institutlarining örni masalalariga ham alohida urğu berilmoqda.

Forum dasturidan moliya institutlarining inson kapitalini rivojlantirişdagi roliga bağişlangan sessiya, kelgusi ön yillik uçun hamkorlik istiqbollariga oid muloqotlar va iş beruvçilar bilan uçraşuvlar örin olgan. Uçraşuvlarda mehnat bozoridagi kadrlarga ehtiyoj, talab yuqori bölgan könikmalar, yoşlarning işga joylaşişi va kasbiy ösişi uçun zarur şart-şaroitlar asosiy mavzulardan böladi.

30-oktabr kuni dastur doirasida «El-yurt umidi» jamğarmasining «Samarkand Tea Time» uçraşuvi ham bölib ötadi. Unda iştirokçilar kasbiy tajribasi va taşabbuslari bilan örtoqlaşadi.