Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, suziş soğliq uçun eng foydali sport turi bölib, u bilan muntazam şuğullaniş hayotni uzaytirişi mumkin. Bu haqda Express.co.uk portali xabar berdi.  

20 yoşdan 90 yoşgaça 40 mingdan köproq erkakni qamrab olgan tadqiqot natijalariga köra, suziş bilan şuğullanuvçilarda ölim xavfi darajasi yuguriş yoki piyoda yuriş bilan şuğullanuvçilarnikidan 50 foiz pastroq bölgan. Tadqiqot iştirokçilari ortidan 32 yil davomida kuzatuv olib borilgan.

AQŞning Janubiy Karolina universiteti professori Stiven Bler suziş yurak-tomir tizimining jismoniy yuklamalarga bardoş bera oliş qobiliyati -kardiorespirator bardoşligini yaxşiroq oşirişini aniqlagan.

Olimning ta'kidlaşiça, bu sport turi barça, jumladan surunkali kasalliklarga ega odamlar uçun a'lo darajada mos keladi.

Garvard universiteti professori Ay-Min Li esa suzişni artritdan aziyat çekuvçi yoki ruhiy holatini yaxşilamoqçi bölganlar uçun “a'lo darajadagi maşğulot” deb atagan.

Şuningdek, Garvard universiteti olimlari suziş bilan muntazam şuğullaniş yurak-tomir kasalliklaridan öliş xavfini 41 foizga kamaytirişi mumkinligi haqidagi xulosaga kelişgan. Bundan taşqari, suziş jarohat va operatsiyalardan keyin tiklanayotganlar uçun ham maqbul hisoblanadi.