Qisqa tanaffuslar bilan piyoda yuriş töxtamasdan yurişga nisbatan köproq energiya talab qiladi. Milan universiteti olimlari şunday xulosaga keldi, deb yozmoqda The Guardian.

Italiyalik tadqiqotçilar köproq kaloriya sarflaşning yangi usulini taklif qildi. Unda boşidan oxirigaça uzluksiz yuriş örniga tez-tez tanaffus qiliş tavsiya etiladi. Tadqiqot doirasida köngillilar trenajyorda zinadan çiqiş va yuguriş yölakçasida yurişga öxşaş maşqlarni bajardi. Sinovlar 10 soniyadan 4 daqiqagaça davom etgan qisqa faollik davrlarini öz içiga oldi. Har bir tajriba paytida olimlar iste’mol qilingan kislorod miqdorini qayd etib, yurişning turli usullari uçun metabolik ehtiyojlarni hisobladi.

Sinovlar natijasida qisqa, biroq faol sayr uçun 20-60 foiz köproq kislorod talab etilişi aniqlandi. Bunga sabab şuki, harakatning boşlanğiç bosqiçlarida organizm muşaklarni qizdiriş uçun köp quvvat sarflaydi. Har safar tanaffusdan söng yana tezlikni oşiriş lozim bölganda, köproq kaloriya sarflanadi.

Tajriba natijalari nafaqat soğlom kişilar uçun, balki harakatlanişi çeklangan bemorlarning reabilitatsiya dasturlarini işlab çiqişda ham foydali bölişi mumkin. Masalan, bu semizlikdan aziyat çekayotgan odamlar yoki insultdan söng tiklanayotganlar uçun muhim bölişi taxmin qilinmoqda.

Bir soat yuriş davomida kamida 200 kkal (daqiqasiga 3-5 kkal) sarflaş mumkin. Bu örtaça körsatkiç, çunki aniq qiymatlar şaxsiy bölib, böy va vaznga, şuningdek yuriş tezligiga boğliq.

Bundan taşqari, yuriş tölaqonli kardio maşq hisoblanadi. U asosiy muşak guruhlarini ham işga tuşiradi: orqa, qorin va son muşaklarini faollaştiradi.