Bugungi kunda aholi ziç yaşaydigan, kam daromadli hududlarda odamlar köpinça astma, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va boşqa turli kasalliklardan aziyat çekadi. “Soğlikdagi bu holatlarga organizmda kuzatiladigan yalliğlanişning boğliqligi bor”, deydi AQŞ atrof-muhit epidemiologi Jyeyn Klogerti.
Hafo ifloslanişining insonga ta’siri böyiça ötkazilgan yirik tadqiqotga köra, havo ifloslanişi muhitida doimiy yaşaş yalliğlanişni keltirib çiqaradi va soğlikda turli muammolar yuzaga çiqişiga sabab böladi. Hozir iqlim özgarişi tufayli köplab yonğinlar sodir bölayotgan, Özbekiston şaroitida esa çang böronlari kötarilayotgan, yöllar yoqilği bilan yuradigan maşinalarga töla bölgan zamon. Olimlar ifloslangan havoda nafas oliş immun tizimiga ta’sir qilişi va tanada yalliğlanişni keltirib çiqarişini örgandi.

Iflos havo qanday böladi?
Havoning ifloslanişi – turli xil manbalardan kelib çiqadigan turli ölçamdagi va tarkibdagi gazlar va zarralarni öz içiga oladi. Buning tarkibiga zavod va maşinalarda işlatiladigan yoqilği va gaz zarralari yoki örmon yonğinlari, vulqon va qum böronlari zarralari kiradi.

Ifloslangan havo tarkibida oltingugurt dioksidi, ozon, qörğoşin kabilar bölişi mumkin. Yoqilğilardan foydalaniş zararli kimyoviy moddalar ajralib çiqişiga ham sabab böladi. Köplab tadqiqotlarga köra, bunday havoda doimiy nafas oliş nafas yöllari, yurak-qon tomir kasalliklari, nevrologik muammolar, saraton va erta ölimning sababçisi bölişi mumkin.
Ifloslangan muhitda yaşaş insonlarni infeksion kasalliklarga, jumladan, koronavirusga nisbatan ta’sirçan qilib qöyadi. 2020 yildan beri olib borilgan tadqiqotlarga köra, qayerda havo ifloslanişi körsatkiçi yuqori bölsa (hatto vaqtinça bölsa ham), öşa yerda COVIDʼdan zararlaniş, ölim va asorat qolişi körsatkiçi yuqoriroq bölgan. 2020 yilning martidan to dekabrgaça olib borilgan tadqiqotda örmon yonğinlari tutuni kuzatiladigan Kaliforniya, Oregon va Vaşington ştatlarida koronavirusdan zararlaniş 20 mingtaga köproq, ölim holati esa 750 taga ortiqligi aniqlangan.













