19 Dekabr

16:31

«Siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va xavfsizlik». 2019 yil 21 dekabr kuni Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari yopiladi

2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik litsey hamda professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari qishki ta'tilga chiqishadi. Batafsil

16:06

Doniyor Toshxo‘jayev: «Migrantlar Rossiyada o‘tadigan ko‘p tarmoqli tekshiruvlarni O‘zbekistonga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda» 

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev tergov jarayonlarini videotasvirga yozib borish tartibi belgilanayotgani undagi qiynoqlarga chek qo‘yadi, deb hisoblaydi. Batafsil

15:10

Yunusoboddagi hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Qurbonlarning oila a'zolariga qo‘shimcha kompensatsiya ham to‘lanadi

Favqulodda vaziyat vazirligi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat bo‘yicha navbatdagi ma'lumotni taqdim etdi. Batafsil

13:40

«Mutasaddilar xalqdan uzr so‘rasin» - O‘zLiDeP vakili Yunusoboddagi fojia haqida

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Batafsil

13:20

Yunusoboddagi fojiada halok bo‘lgan ishchilarning oilalariga 100 mln so‘mdan kompensatsiya ajratildi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan yer o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lgan 6 ishchining har biri uchun 100 mln so‘mdan kompensatsiya to‘lanadi. Batafsil

13:00

Prokuratura Yunusoboddagi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan favqulodda vaziyat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Batafsil

12:45

Yunusoboddagi avariya joyida tuproq ostidan yana bir jasad olib chiqildi. Qurbonlar soni 6 nafar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat yuzasidan navbatdagi ma'lumotni taqdim etdi. Batafsil

12:05

Bosh prokuratura: Farg‘ona viloyati hokimiga mansubligi aytilgan audioyozuv o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvni o‘rganmoqda.  Batafsil

11:22

Svetlana Ortiqova: «Lobbizmga qarshi kurashish qo‘limizdan keladi»

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Kun.uz’ga bergan intervyusida O‘zbekiston qonunchiligida lobbizm alomatlari mavjudligini qayd etdi va bunda korrupsiyaning alomatlari sezilayotgani haqida gapirdi. Batafsil

08:16

Talabalar bilan quvnoq uchrashuv va imperator saroyidagi qabullar - Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi qanday o‘tmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 dekabrdan Yaponiyaga davlat tashrifini boshladi. Batafsil

02:45

Metropoliten qurilishida tuproq ostida qolgan beshinchi odam jasadi olib chiqilib, shaxsi aniqlangan

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida halok bo‘lgan beshinchi fuqaro ma'lum bo‘ldi Batafsil

02:10

MSK vakili: “Xalqaro kuzatuvchilarning vakolati keng, faqat Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga rioya qilishlari shart”

O‘zbekiston saylovlar ostonasida turibdi. Har bir kun, har daqiqa bizni bu muhim siyosiy jarayonga yaqinlashtirmoqda. Batafsil

18 Dekabr

21:50

Yunusoboddagi fojia qurbonlari soni oshdi. Qidiruv ishlari davom etmoqda

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarni tashkil etmoqda. Batafsil

19:53

Moskvadagi qurilish obektida saylov: migrantlar deputatlardan nima kutmoqda?

Vakillik organlariga saylovda muddatidan oldin ovoz berish bugun, 18 dekabr kuni to‘xtatildi. Batafsil

18:10

Yunusoboddagi avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Bugun, 18 dekabr kuni surunkali yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida tuproq ko‘chishi sodir bo‘ldi. Batafsil

18:08

Doping: ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi JCh oltin medallaridan mahrum bo‘ldi

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi (IKA) Antidoping komissiyasi o‘zbekistonlik ikki sportchini antidoping qoidalarini buzgani uchun chetlashtirdi. Batafsil

17:06

O‘zbekistondagi 4ta partiya YeOIIga a'zolikni yoqlashini yana bir bor tasdiqladi

Rus elchisi partiya vakillari bilan uchrashuvda YeOII masalasida savol berib, KXShT haqida ham eslab o‘tdi. Batafsil

14:40

«Bu saunami yo sport zalimi?» - Urganch tumanidagi bolalar bog‘chasining bir qismida noqonuniy bino qurildi

Xorazm viloyati, Urganch tumani markazidagi 4-son maktabgacha ta'lim tashkiloti (MTT yoki xalq tilida «bolalar bog‘chasi») hududining bir qismida noqonuniy qurilish qilingan. Odamlar bu sauna bo‘lishi mumkinligidan xavotirda. Batafsil

12:39

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘ldi. Tuproq ostida bir necha kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘lganiga oid suratlar tarqaldi. Batafsil

12:34

Nig‘matulla Yo‘ldoshev: «Avvalgi rahbariyat faoliyatiga baho berish juda og‘ir»

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Batafsil

12:10

Foto: Prezident Yaponiyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Nagoya universitetiga tashrifidan so‘ng Nagoya shahrida yashab, ta'lim olayotgan va fan bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. Batafsil

12:05

«Maktabni bitirgan bola ishli bo‘lsa Rossiyaga ketmaydi» - Sherzod Shermatov xizmatlar eksporti bo‘yicha takliflar berdi

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonning geografik joylashuvidan kelib chiqib, xizmatlar eksportiga ko‘proq e'tibor qaratilishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda u «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» tok-shousining 18 dekabr kungi sonidan keyin Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi. Batafsil

10:30

AQSh Davlat departamenti byurosi O‘zbekistonda tuhmat uchun qamoq jazosi bekor qilinishi rejasini olqishladi

AQSh Davlat departamenti Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi o‘zining tvitterdagi sahifasida O‘zbekiston prezidentining tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish normasini bekor qilishga qaratilgan topshiriqlarini olqishlab chiqdi. Batafsil

08:21

Davlat xizmatchilari uchun ish haqi bo‘yicha maxsus yagona tarif setkasi ishlab chiqildi (jadval)

Prezidentning «Davlat xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi. Batafsil

17 Dekabr

22:24

Davlat tashqi qarzi o‘sishi yaxshimi yomonmi? - Moliya vaziri o‘rinbosari bilan suhbat

Iqtisodchi Behzod Hoshimov Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov bilan «Davlat qarzi va iqtisodiy taraqqiyot» mavzusida suhbat uyushtirdi. Batafsil

22:12

O‘zbekistonda soliq tushumlari miqdori bir yilda 1,5 barobarga oshdi

2019 yil davomida davlat budjetiga soliq tushumi miqdori 2018 yilga nisbatan 155 foizga oshgan. Batafsil

21:47

Behzod Musayev: «Ikki yillik moratoriy tugasa ham, tadbirkorlarni yoppasiga tekshirish boshlanib ketmaydi»

2018 yil boshida tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshirishga ikki yillik moratoriy e'lon qilingan edi. Batafsil
Top