Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, yer öpirilişi oqibatida bir neça kişi tuproq ostida qolib ketgan.

Kun.uz muxbiri Içki işlar vaziri örinbosari, IIV Tergov departamenti boşliği Doniyor Toşxöjayevdan hodisa yuzasidan izoh oldi.

«Dastlabki ma'lumotlarga köra, Yunusobod tumanida, «Megaplanet» oldida tunnel qazilayotgan bölgan. Suv tunnelga tuşmasligi uçun beton lotok qilingan. Ana şu lotokning qaysidir qismidan suv ketgan va suv töplangan. Yoğingarçilik kuçaygan vaqtda yer böşab tunnelni bosib qolgan.

Hozirça hodisa oqibatida halok bölganlar yoki jabrlanganlar borligi haqida aniq ma'lumot yöq. Bu hududda olib boriladigan işlar natijasida aniqlanadi», deydi vazir örinbosari.

Ayni vaqtda hududda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.

Hozirça Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu borada rasmiy ma'lumot bermadi.

Kun.uz manbasi xabar qilişiça, mamlakat boş vaziri Abdulla Aripov voqea joyiga borişi kutilmoqda.

UPD: «Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmati Toşkent metropoliteni Yunusobod liniyasida quriliş işlari olib borilayotgan oçiq uçastkada avariya holati yuz berganini tasdiqladi. Hozirda Boş vazir birinçi örinbosari O. Ramatov şaxsiy nazorati ostida xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Xizmat tekşiruvi natijalari haqida jamoatçilikka axborot beriladi.