Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötdi.
«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlaş - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilişini ta'minlaş, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuçaytiriş, advokatning dalillar töplaş va taqdim etiş huquqini kengaytiriş, ularning kafolatlarini ta'minlaş, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta körib çiqiş, şu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlaştiriş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Özbekiston boş prokurori Niğmatulla Yöldoşev prokuratura organlaridagi vaziyatga töxtalib ötdi:
«Avvalgi rahbariyat faoliyatiga tanqidiy baho beriş juda oğir, prokuratura xodimlari, ayniqsa, sobiq rahbarlar tomonidan sodir etilgan qonunbuziliş holatlari prokuratura organlarida işlayotgan halol xodimlar ruhiyatiga salbiy ta'sir qilgan. Xalqning bizga bölgan munosabatiga juda jiddiy ziyon yetkazdi. Biz xalqçil prokuraturani yaratişimiz kerak».
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentabr oyi oxirlarida Özbekistonning sobiq boş prokurori Otabek Murodov qamoqqa olingani ma'lum böldi.
Otabek Murodov 2018 yilning yanvarida DXX rahbarligiga ötgan Ixtiyor Abdullayev örniga boş prokuror bölgandi. 2019 yilning 20 iyunida u lavozimdan ozod etilib, uning örniga Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev yangi boş prokuror etib tayinlandi.
Bu sönggi 4 yil davomida törtinçi marta Özbekiston boş prokurori özgarişi böldi.
2000 yil fevralidan Özbekiston boş prokurori bölgan Raşid Qodirov 2015 yilning aprelida lavozimini tark etdi, söng unga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Raşid Qodirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Raşid Qodirovning örnini Ixtiyor Abdullayev egallagan. 2019 yil bahorida unga nisbatan mansab vakolatini suiiste'mol qiliş, poraxörlik bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlik böyiça jinoyat işi oçilgani ma'lum böldi. 27 sentabr kuni Ixtiyor Abdullayev 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosiga












