Özbekistonda mavjud beşta siyosiy partiyadan törttasi mamlakatning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirişi tarafdori bölib qolmoqda.
ÖzLiDeP, «Adolat» va Xalq demokratik partiyalari hamda Ekologik partiya vakillari bugun, 18 dekabr kuni xorijlik diplomatlar bilan bölgan uçraşuvda YeOIIga kiriş tarafdori ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, uçraşuvda Rossiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenev partiya nomzodlarining mazkur masaladagi fikrlari bilan qiziqqan.
«Siyosiy partiyalarning xalqaro taşkilotlarga nisbatan munosabati haqida savol berildi. Javoblardan kelib çiqib aytiş mumkinki, avvalo xalqaro iqtisodiy taşkilotlarga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Şunga qaramay, nomzodlar tomonidan xavfsizlik masalalari ham juda muhimligi aytib ötildi. Ha, Özbekiston Afğoniston bilan çegarada joylaşgan. Afğonistonga nisbatan hurmat saqlagan holda, u yerda uruş keçayotganini ham unutmaymiz.
Albatta, Şanxay Hamkorlik Taşkiloti – avvalo siyosiy taşkilot. Lekin xavfsizlik masalalari bilan şuğullanadigan boşqa taşkilotlar ham bor, xususan Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkiloti.
Iqtisodiy integratsiya borasida bildirilgan fikrlarga qaytib, nomzodlarga savol bilan murojaat qilmoqçiman. Hozir Özbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga a'zo bölişi qançalik maqsadga muvofiqligi yuzasidan qizğin muhokamalar ketmoqda. Qator partiyalar allaqaçon bu borada öz fikrlarini bildirişgan. Men deputatlikka nomzodlarning fikrlarini bevosita ularning özlaridan eşitişni xohlardim», – dedi Tyurdenev.

Savolga javoban birinçi bölib «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi vakili Ilhom Abdullayev söz olib, partiya bu borada hali yakuniy qarorga kelmaganini bildirdi, ammo şaxsan özi YeOIIga kirişga «ikki qölini kötarib» rozi ekanini ta'kidladi.
«Mamlakatning xalqaro taşkilotlar bilan hamkorligi – taşqi siyosatning juda muhim masalalaridan. Men partiyamiz nomidan gapiraman va bu fikrlarim davlatniki bilan bir xil bölmasligi mumkin.
YeOII – ança istiqbolli va effektiv taşkilot. Köpçilik bizning bu taşkilotga a'zo bölişimizning köplab plyus tomonlarini darhol sanab berişi mumkin. Lekin bu – köp qirrali va murakkab masala. Şunday ekan, mamlakat bunday muhim qadamni taşlaş oldidan barça plyus va minuslarni taroziga tortib körişi kerak.














