Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi (IKA) Antidoping komissiyasi özbekistonlik ikki sportçini antidoping qoidalarini buzgani uçun çetlaştirdi. Bu haqda IKA saytida xabar berilgan.

Kuraş böyiça kattalar örtasidagi jahon çempionati va 2019 yil sentabr oyida Koreyada bölib ötgan Butunjahon jang san'ati öyinlarida ikki nafar sportçidan olingan doping namunalarida Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar tarkibi aniqladi.

Gulnora Sulaymonovaning (ayollar örtasida 52 kg vazn toifasida ğolib) doping namunasida Dehydrochlormethyltestosterone metaboliti topildi.

Abror Jabborovning (60 kg vazn toifasida ğolib) namunasida furosemid diuretiki aniqlandi.

Antidoping komissiyasining qarori bilan G.Sulaymonova musobaqalarda qatnaşişdan 4 yilga, A.Jabborov esa 2 yilga çetlaştirildi. Şuningdek, ularning jahon çempionati va Koreyadagi Butunjahon jang san'atlari öyinlaridagi natijalari ham bekor qilindi.

Natijada, ayollar örtasida 52 kg vazn toifasida oltin medal Turkmaniston vakilasi Oynur Omonova, erkaklar örtasida 60 kg vazn toifasida esa turkmanistonlik Şomuhammad Qurbonovga beriladi.