Bugun, 18 dekabr kuni surunkali yoğingarçilik oqibatida Toşkent metropoliteni Yunusobod yönalişining qurilayotgan qismida tuproq köçişi sodir böldi.

Ayni vaqtda yuzaga kelgan holatni bartaraf etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi, Toşkent şahar hokimligi kuç va vositalari safarbar qilingan.

Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq, sodir bölgan hodisaning kelib çiqiş sabablari va oqibatlarini örganiş va uni zudlik bilan bartaraf qiliş maqsadida, Toşkent metropoliteni Yunusobod yönalişining qurilayotgan qismida sodir bölgan hodisa sabablarini örganiş, oqibatlarini bartaraf etiş hamda kelgysida şu kabi holatlar röy berişining oldini oliş böyiça hukumat komissiyasi taşkil etildi.

Komissiya tarkibidan boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov (komissiya raisi), Quriliş vaziri Botir Zokirov, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi raisi v.v.b B.Ğulomov, Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari A.Qöldoşev, Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov, Transport vazirining birinçi örinbosari I.Mahkamov, Moliya vazirining birinçi örinbosari Timur Işmetov, Davlat geologiya va mineral resurslar böyiça qömitasi raisi B.Islamov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi boş direktorining birinçi örinbosari B.Nişonov, «Özstandart» agentligi boş direktori D.Sattorov, «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvi raisi X.Hosilov, «Toşkentmetroproyekt» MÇJ rahbari A.Zokirov, Toşkent şahri hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari D.Hidoyatov hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Ş.Abidov (komissiya kotibi) örin olgan. 

Hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagilar yuklatilgan:

  • sodir bölgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida batafsil örganiş;
  • zarur kuç va vositalarni jalb qilgan holda hodisa oqibatlari zudlik bilan bartaraf etilişini ta'minlaş;
  • hodisa oqibatida jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga tibbiy, ijtimoiy va moddiy yordam körsatiş;
  • kelgysida şu kabi holatlarning oldini oliş böyiça kompleks çora-tadbirlarni belgilaş va ijrosini qat'iy nazoratga oliş;
  • kunlik amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boriş;
  • örganiş natijalari yuzasidan tegişli xulosa tayyorlaş va Özbekiston Respublikasi Boş vaziriga taqdim etiş.