AQŞ Davlat departamenti Janubiy va Markaziy Osiyo işlari byurosi özining tvitterdagi sahifasida Özbekiston prezidentining tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş normasini bekor qilişga qaratilgan topşiriqlarini olqişlab çiqdi.
Welcome #Uzbekistan’s plans to end imprisonment for libel & slander. As @President_UZ says, the press is a mirror reflecting work of govt. Democracy requires free press. We hope the new law will meet int'l norms to allow thorough, independent reporting w/out fear of reprisals.AGW
— State_SCA (@State_SCA) December 17, 2019
«Biz Özbekistonda tuhmat uçun qamoq jazosi bekor qilinişi rejasini olqişlaymiz. Mamlakat prezidenti aytganidek, matbuot - hukumat faoliyatining közgusi. Demokratiya erkin OAV talab qiladi. Umid qilamizki, yangi qonun xalqaro me'yorlarga mos ravişda heç qanday qörquvsiz izçil va mustaqil axborot berişni kafolatlaydi», deyiladi departamentning Janubiy va Markaziy Osiyo işlari byurosi xabarida.
Bundan avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlaşga qaratilgan qaror imzolagan, unga köra tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan normani bekor qiliş, jurnalistlarni davlat organlari va mansabdor şaxslarning noqonuniy harakatlari yoki qarorlaridan himoya qiliş böyiça topşiriqlar berilgandi.
Keyinroq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov bu qarorni izohlab, mansabdor şaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan himoya qiliş tizimi kuçaytirilişini ma'lum qildi.
















