Ohangaron şahridagi davlat boğçasida tarbiyalanuvçi haşarotlarga qarşi vositani içib, halok böldi. Toşkent viloyati Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, holat 2026-yil 28-avgust kuni yuz bergan. 2023-yilda tuğilgan tarbiyalanuvçi oşxonada haşarotlarga qarşi işlatiladigan BSM vositasini içib qöygan. Bola zudlik bilan Ohangaron şahar tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan. Ammo uning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.

“Maʼlumotlarga köra, bolaning buvisi mazkur taşkilot oşxonasida autsorsing taşkiloti xodimi - oşpaz sifatida işlagan. Hodisa tarbiyalanuvçi buvisining yoniga, oşxonaga kirgan vaqtda sodir bölganligi aytilgan. Biroq bu holat yuzasidan yakuniy xulosa faqat vakolatli organlar tomonidan ötkazilayotgan tergov va suriştiruv natijalariga köra beriladi”, deyiladi boşqarma munosabatida.

Hozirda tegişli taşkilotlar tomonidan bola oşxonaga qanday kirgani, xavfli vosita uning qöli yetadigan joyda nima sababdan turgani va uni saqlaş uçun kim masʼul bölgani örganilmoqda.

Boşqarma bola hayotiga zomin bölgan hodisaning biror jihati eʼtibordan çetda qolmasligini, hozirda tergov işlari davom etayotganini hamda aybdorligi aniqlangan şaxslarga nisbatan qonun doirasida çora körilişini bildirgan.