Surxondaryoda avtobusni olib qoçgan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, 1966-yilda tuğilgan Z.K. 2026-yil 26-iyun kuni ertalab tumanning Navbahor mahallasi hududidagi töyxonaga töyga borgan. U yerda spirtli içimlik isteʼmol qilgan Z.K. töyxonadan çiqib, öşa atrofda eşigi oçiq holatda turgan va kaliti ham özida bölgan Isuzu avtobusini haydab, olib qoçgan.

Avtobus Angor tumani obodonlaştiriş boşqarmasiga tegişli bölgan. Uning haydovçisi işçilarni taşib kelgan hamda avtobus eşigini oçiq qoldirgan holda özi işçilar oldiga ketgan bölgan.

“Kalit avtobusda edi, özim işçilar oldida edim. Şu payt avtobusni begona şaxs haydab ketayotganini körib qoldim. U uzoqlaşib ketgani sababli töxtata olmadim. Darhol “102”ga xabar berdim. Şundan söng YHX inspektorlari avtobusni Muzrabot tumani hududida tösib töxtatişdi”, degan sudda guvoh sifatida söralgan avtobus haydovçisi.

Z.K. qoçiş jarayonida hatto transport vositasini qarama-qarşi yönalişda boşqargan. U sudda aybiga iqrorlik bildirib, öşa kuni mastligi sababli heç narsani eslay olmaganini aytgan.

“Öşa kuni opam qizini turmuşga berdi. Şunga töyga kelgandim. Töyda alkogol mahsulotlarini isteʼmol qildim. Töyxonadan çiqqanimda taşqari issiq bölgani uçun mast bölib qoldim. Şundan söng nima bölganini bilmayman. Ertasi kuni özimga kelganimda IIB xodimlari avtobusni olib qoçganimni, qarama-qarşi yönalişda harakatlanganimni hamda inspektorlar yölimni tösib töxtatişganini aytişdi. Köp miqdorda spirtli içimlik içganim sababli bu harakatlarimni eslay olmayman”, degan erkak öz körsatmasida.

Z.K. qilgan işidan puşaymon ekanini bildirib, suddan yengillik söragan.

JIB Angor tuman sudi hukmi bilan Z.K. Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Erkak sud zalidan qamoqqa olingan.