Kun.uz'ning Janubiy Koreyadagi muxbiri Eldor Vohidov «Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqolasida bu mamlakatga öqiş yo işlaş uçun kelayotgan vatandoşlar bilişi tavsiya etiladigan önta muhim ma'lumotni sanab ötadi.

1.  Heç qaçon öz nomingizdan boşqalarga texnik qurilmalar olişga ruxsat bermang!

Koreyada uyali aloqa vositalarini heç qanday boşlanğiç tölovsiz sotib oliş mumkin. Pulini oyma-oy tölab turiş şarti bilan, çeklovsiz internetga ulaniş imkonini beruvçi zamonaviy smartfonlarni osongina qölga kiritsa böladi. Bunday uslubda smartfon sotib olişni qisqagina qilib «Line phone» deb ataşadi.

Uşbu tartib mamlakatga endigina kirib kelgan har qanday sodda insonni öziga tortişi tabiiy. Aslida buning salbiy jihati yöq, muammo yuzaga kelişiga sabab esa rasmiylaştiriş jarayonidagi tovlamaçilik yoki işonçni suiste'mol qiliş holatlarida kuzatiladi.

Şu mavzuda gap ketganda yuragim ortga tortaveradi. Bir emas, ikki bor çuv tuşdim. Koreyaga kelgaç, ba'zi iş-yumuşlar sabab notaniş kişilar bilan yaqin aloqalar şakllanib qolar ekan. Xuddi şunday, men juda işonçli deb bilgan insonga 6 oylik şartnoma asosida yangi rusumdagi mobil telefonni mening nomimdan olişiga rozilik bergandim. Oylik tölovlarni muntazam bajariş u kişining böynida edi. Yaqinda bu voqeaga bir yil böladi, men esa telefon qarzini uz, deya ortidan quvib yuribman.

Xulosa şuki, har qanday vaziyatda ham öz nomingizdan boşqa birovga avtomaşina, mobil telefon yoki boşqa qurilmalar olişga ruxsat beriş – katta xato.

Mamlakatda noqonuniy yaşayotgan insonlar: «Moddiy masalalarni özim qoplayman, şunçaki, maşina yoki mobil telefonni sening nomingga rasmiylaştiraylik» kabi takliflar bilan çiqib qolişlari mumkin. Ruxsat berişdan oldin, yuqoridagi holatlarni inobatga oling. Ogohlik zarar qilmaydi.

Gadjetlar bilan boğliq yana bir dolzarb masalalardan biri – «Line phone» telefonlarini sotiş jarayoni bölib, bunda savdo menejyerlarining yolğon gapirişi yoki muhim ma'lumotni atayin berkitiş hollari xaridorga qimmatga tuşadi.

«Bir oydan keyin uzdirib taşlasangiz böladi, bepul Wi-Fi örnatib beramiz, sovğaga yana bitta smartfon» – eng köp işlatiladigan yolğonlar şular. Açinarlisi, bu işlarni har doim ham begonalar emas, ba'zan özimiznikilar ham qilayotgani. Şunday ekan, unutmang, şoşib qaror qabul qiliş zararingizga işlaşi mumkin.