AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yangi yetakçi kerakligini aytib çiqqanidan keyin Yevropaning yirik davlatlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qöllab-quvvatlaşini bildirmoqda.
Germaniya TIV rahbari Yohann Vadeful Germaniya Ukraina va uning hukumati tomonida ekanini, «prezidentni uning murakkab vazifalarini bajarişida töliq qöllab-quvvatlaşi»ni aytdi.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ues Striting esa şunday degan: «Biz prezident Zelenskiyni qöllab-quvvatlaymiz». U London «Ğarbning Ukrainani qöllab-quvvatlaşdagi qatʼiyati va mustahkam birligi»ni körişni xohlaşi va bunga hissa qöşişni öz burçi deb bilişini taʼkidlagan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Parij «Ukraina va prezident Zelenskiy tomonida qolişda davom etişi»ni aytib ötdi.
Tramp şanba kuni jurnalistlar bilan muloqot çoğida Zelenskiy «köplab kelişuvlar tuzişi mumkin bölgani, ammo negadir bunday qilmayotgani»dan şikoyat qildi va Ukraina «yangi prezident saylaşi vaqti kelgani»ni aytdi.
Zelenskiyning özi esa bunga javoban uruş yakunlanmasidan ham yangi prezidentlik saylovlari ötkazişga tayyorligini bildirdi, ammo buning uçun 60 kunlik sulh söradi. U ukrain xalqining har qanday tanlovini qabul qilişga tayyorligini maʼlum qilgan. «Agar prezident Tramp çindan ham saylovlar orqali özgarişlar bölişini xohlasa – men bu haqda uning jamoasiga ham aytganman – marhamat, Putinga yetkazişsin: bizga ikki oy, nafas rostlaş uçun 60 kun muhlat berişsin. Öt oçiş 60 kunga töliq töxtatilsin – va biz saylovlarni taşkillaştiramiz», – deya qayd etdi Zelenskiy.
Tramp va Zelenskiy örtasidagi ziddiyat AQŞ prezidentining Kiyevdan Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlari böylab zarbalarni töxtatişni talab qilişi, şuningdek, Vaşington va Moskva örtasida Rossiya dizeli eksportiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yumşatiş böyiça kelişuv tuzilişi fonida diqqat markaziga çiqdi.
Tramp yakşanba kuni keçqurun Rossiya va Ukraina energetika sulhi böyiça kelişib olgani haqida eʼlon qildi. U bu bilan nimani nazarda tutgani aniq emas. Zelenskiy avvaliga Trampning sözlari özi uçun «yangilik bölgani»ni aytib çiqdi, ammo keyinroq Ukraina qurolli kuçlariga Trampning eʼloni böyiça «barça tegişli buyruqlar berilgani»ni aytdi, ammo bu bilan aynan qanday buyruqlar berilganini oçiqlamadi.
Bugun tongda esa Zelenskiy Trampning bayonotidan köp ötmay Rossiya dronlari Xarkivdagi elektr stansiyasiga zarba bergani haqida maʼlum qildi. U «Putin Truth Social’ni öqimasligi, uning „şahidlari“ boşqa körsatmalar böyiça harakat qilgani» haqida gapirdi. Zelenskiy Ukraina Rossiya zarbalariga javob qaytarişiga töğri kelişidan ogohlantirgan.













