2016 yildan buyoğiga aholi va iqtisodiyotni energiya bilan ta’minlaş sohasida köplab işlar qilindi, raqamlar bunga dalil. Körilgan mazkur çora-tadbirlar yetarli bölmagani bu yilgi qişga kelib aniq bölib qoldi: elektr energiyasini yetarliça işlab çiqariş uçun kerak bölgan yoqilği – tabiiy gaz yetmayapti. Aniqroği, tabiiy gaz zaxirasini yaratiş uçun kerakli işlar qilinmagan.
Mazkur favqulodda vaziyatda favqulodda işlarni qiliş lozimligi ayon bölyapti. Sovuq qişdan imkoni boriça talafotlarsiz ötib oliş uçun. Va bu yerda maşhur haqiqat gavdalanyapti – favqulodda holatlar kimlarningdir xatosi bilan yuzaga keladi, ammo ulardan çiqib ketiş uçun butun xalqning harakati, jonbozligi kerak böladi.
Şu topdagi holatimiz ham ayni şunday vaziyat – energiyani hamma, jamiyat ölaroq, bir muşt bölib iqtisod qilmasak, qişdan omon ötib olişimiz qiyin böladi.
Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi buyurtmasi bilan yaratilgan animatsion murojaatni e’tiboringizga havola qilamiz.











