26-27 yanvar kunlari Bişkekdagi uçraşuvda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ikki davlat aloqalarini keng qamrovli strategik şeriklik darajasiga olib çiquvçi Deklaratsiyaga imzo çekdi. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakçi ilmiy xodimi Javohir Badalovga köra, taşrif davomida imzolangan eng muhim hujjatlardan biri Qambarota-1 GESni birgalikda quriş böyiça kelişuv hisoblanadi.

«Fikrimça, ötgan taşrifning asosiy voqealaridan biri bu Qambarota-1 gidroelektr stansiyasini birgalikda quriş böyiça kelişuvga erişilişi böldi. Xususan, taşrif arafasida Özbekiston va Qirğiziston örtasida Qambarota-1 GES qurilişi böyiça investitsiya şartnomasi imzolandi. 6 yanvar kuni Bişkekda Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston tomonidan uşbu loyihani amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi» imzolangan edi.

Unga köra, balandligi 256 m bölgan töğon va hajmi 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori, 1860 MW quvvatli gidroelektr stansiyasi işga tuşiriladi. Qurilayotgan GES yiliga 5,6 mlrd KW-soat elektr energiyasi işlab çiqarişi kutilmoqda», – deydi mutaxassis Kun.uz’ga taqdim qilgan maqolasida.

GES nafaqat jalb qilingan mamlakatlar, balki butun mintaqa uçun ham ilğor loyiha hisoblanadi.

«Gidroelektr stansiyaning öziga xos xususiyati şundaki, u mintaqaning yaqin tarixida uçta mamlakat iştirokida amalga oşirilişi kutilayotgan birinçi qöşma megaloyihadir. Tomonlar yiliga 930 mlrd KW-soatni taşkil etadigan Markaziy Osiyoning kuçli gidroenergetika salohiyatini işga soliş uçun sa’y-harakatlarini birlaştirmoqda. Şu bilan birga, körilgan çoralarga qaramay, bugungi kunda u atigi 11 foiz özlaştirilgan.

Şubhasiz, Qambarota-1 gidroelektr stansiyasini işga tuşiriş masalasi arzon va ekologik toza energiyaga bölgan ehtiyojning barqaror ösişi fonida dolzarbligi körinib turibdi. Bu birinçi navbatda mintaqada iqtisodiyot va aholi sonining jadal ösişi hamda sanoat kooperatsiyasining kengayişi bilan boğliq».

Javohir Badalov keltirgan raqamlarga köra, 2030 yilga borib Qozoğistonda elektr energiyasi iste’moli 136 mlrd KW-soatni (2020 yilga nisbatan 21% ösiş), Özbekistonda 120,8 mlrd KW-soatni (1,7 baravar ösiş), Qirğizistonda 20 mlrd KW-soatdan köproqni (50% ösiş) taşkil etişi kutilmoqda.