Oliy harbiy bojxona institutiga qabul to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
“Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-bandining oltinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi Davlat bojxona qo‘mitasi qarori normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015 yil 4 fevraldagi 01-02/3-07-son qarori (ro‘yxat raqami 2659, 2015 yil 5 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 9-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilishi nazarda tutilgan:
«Nomzodlarning bo‘yi 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi lozim.».
Eslatib o‘tamiz, amaldagi nizomga ko‘ra institutga:
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ma'lumotiga ega bo‘lgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga javob beradigan;
harbiy xizmatni o‘tamagan 17 yoshdan 21 yoshgacha (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar) bo‘lgan;
harbiy ofitserlar tarkibi unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar yoki harbiy xizmatni o‘tagan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadilar.
Shu paytga qadar nomzodlarning bo‘yi 170 sm dan (qiz bolalar uchun 165 sm) past bo‘lmasligi lozim edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Sport | 01:32
-
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT
Jahon | 00:59
-
Xitoyda sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga qarshi tergov boshlandi
Jahon | 00:38
-
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi
Jahon | 23:36 / 06.04.2025
Mavzuga oid

12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi

11:23 / 25.02.2025