Roğun töğonining tanasi dengiz sathidan 1 155 metr balandlik belgisiga yetkazilgan. Bu töğonning öz balandligi qariyb 190 metrga yetganini anglatadi. Loyihada uni 335 metrgaça kötariş nazarda tutilgan.

Qurilişda erişilgan uşbu bosqiç suv omboridagi suv sathini dengiz sathidan 1 140 metr belgisigaça oşiriş imkonini beradi.

GES quriliş davridayoq elektr işlab çiqarmoqda

Roğun GESning öziga xos jihati - quriliş işlari davom etayotgan bölsa-da, stansiya allaqaçon elektr energiyasi işlab çiqarmoqda. Loyihada közda tutilgan oltita turbinadan ikkitasi işlayapti.

Suv omborining bosqiçma-bosqiç töldirilişi foydalaniş mumkin bölgan suv hajmi va bosimini oşiradi. Bu esa quriliş yakunlanişidan oldin ham elektr işlab çiqarişni köpaytiriş imkonini beradi.

Vaxş daryosi ikki tunnel orqali burilgan

Roğun toş tökmadan barpo etilayotgan, gil özakli töğondir. Uning poydevorida iş boşlaş uçun Vaxş daryosi oqimi ikkita yerosti tunneli orqali boşqa yönalişga burilgan.

Gil özakning asosi har biri 20–25 metr uzunlikdagi sakkizta blokka ajratilgan. Ular jami 180 metrlik qismni taşkil etadi. Uşbu bloklarni quriş uçun qariyb 290 ming kub metr valik bilan ziçlangan beton işlatilgan.

Töğon tanasiga joylaştirilişi rejalaştirilgan materiallar hajmining yarmidan köpi allaqaçon yotqizilgan.

Şuningdek, poydevorni mustahkamlaş va suv sizib ötişini çeklovçi sementatsiya tösiğini yaratiş uçun jami 500 ming metrdan ortiq burğilaş işlari bajarilgan. Bu işlar toğli şaroitda, katta hajmdagi materiallarni taşişga möljallangan maxsus işlab çiqariş tizimi yordamida amalga oşirilmoqda.

Umumiy quvvat 3 600 megavattga yetadi

Barça oltita turbina işga tuşgaç, Roğun GESning örnatilgan quvvati 3 600 megavattni taşkil etişi rejalaştirilgan.

Loyiha haqidagi maʼlumotda stansiya Tojikistondagi hozirgi elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini ikki baravar oşiriş imkonini berişi qayd etilgan.

Gidroenergetika mamlakatning asosiy elektr manbai hisoblanadi. Şu bilan birga, aholining bir qismi, ayniqsa, qiş oylarida elektr taqçilligiga duç keladi. Roğun, avvalo, uşbu içki ehtiyojni qoplaşga qaratilgan.