Bundan bir neça kun oldin “Çegara bilmas daryolar” xalqaro ekologik koalitsiyasi a’zolari Tojikistonda joylaşgan Roğun GESi borasida öz hisobotlarini e’lon qildi.
Unga köra Roğun GES töğonini juda baland qilib quriş xavf tuğdiradi. Şu sababli koalitsiya Tojikistondan uni maksimal balandlikkaça qurmaslikni söragan. Taşkilot öz hisobotini Roğun GES qurilişida asosiy sarmoyador bölib kelayotgan Jahon bankiga ham yuborgan.
Ma’lumot uçun, Roğun GESning dastlabki generatorlari 2018 yilda, keyingilari 2019 yilda işga tuşirilgan. Qöşni davlat hozirda GESni töliq bitkaziş uçun sarmoyadorlarni izlamoqda. Roğun GES töliq bitsa, balandligi 335 metr böladi va u jahondagi eng baland töğonlardan biriga aylanadi.
Ma’lumotlarga köra, hozirgi paytda Yer yuzida 800 mingdan oşiq katta va kiçik töğonlar bor. Elektr energiyaga, ayniqsa “yaşil energiya”ga talab oşib boraverar ekan, kelajakda toğli hududlarda baland töğonlar qurilişi davom etaveradi.

Biroq bunda töğon quriladigan joydagi yer jinslari, hududning seysmik holati çuqur örganilişi kerak. Aks holda Italiyadagi Vayont töğonida sodir bölgan hodisa kabi ayançli halokat sodir bölişi mumkin.
Dunyodagi eng baland töğon
Vayont töğoni 1961 yilda Alp toğlarining Italiya şimolida joylaşgan qismida, Pyave daryosi irmoğining oldi tösilib qurilgan.
Töğon qurilişi uçun toğ daryosining tor daradan oqib ötadigan joyi tanlangan. Bu hududda yer jinsi juda böş bölib, tez-tez yer köçib turardi.
Biroq loyihaçilar buyurtmaçilarni töğon oxirigaça töldirilmasa heç qanday muammo yuzaga kelmaydi deb işontirişadi. Şundan söng quriliş boşlanadi.
Vayont töğonining balandligi avvaliga 150 metr bölişi reja qilingandi. Keyinçalik reja özgaradi va balandlik 200, köp ötmay 250, oxirida 260 metr bölişi belgilanadi. Bu balandlik Vayontning öşa paytda dunyodagi eng baland töğon bölişi uçun yetarli edi.

Töğon bitgandan söng unga 168 mln metr kub suv yiğiş va 200 megavatt elektr energiya işlab çiqariş mumkin edi. Suv omborini töldiriş 1960 yil fevral oyida boşlanadi.

















