Boş prokurorning buyruğiga asosan adliya katta maslahatçisi Nilufar Anvarovna Allabergenova Toşkent şahar prokurori örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nilufar Allabergenova 1971-yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1995-yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Turli yillarda poytaxtning Yaşnobod, Çilonzor va Mirzo Uluğbek tumanlari prokurori örinbosari lavozimlarida işlagan.

Nilufar Allabergenova 2023-yil 9-oktabrida Yakkasaroy tumaniga hokim etib tayinlangandi. U öşanda Toşkent şahridagi ilk ayol hokim bölgandi.

Kun davomida Toşkent şahrining yana uç tumanida hokimlar özgargandi.

Çilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxöjayev örnini şu vaqtgaça Yangihayot tumanini boşqarib kelgan Hayot Inoğomov egalladi. Öz navbatida, Yangihayot tumaniga Lazizbek Temirov yangi hokim böldi. Şuningdek, Baxtiyor Rahmonqulov Yaşnobod tumani hokimi lavozimidan ketgan, uning örniga Abdulaziz Abdulhakov yangi hokim etib tayinlangan.