Tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev o‘zbek olimlari va ilmiy jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi. Professor o‘z murojaatida yosh olimlar orasida maqolalar yozishda son ketidan quvish va plagiat (ko‘chirmakashlik) avj olgani, ilmning barcha yo‘nalishlarida to‘lib yotgan muammolarni prezidentga dadil olib chiqmayotgan Fanlar akademiyasi, mahalliy hokimliklarning siyosiy ilmsizlik ila qilayotgan ishlari haqida ochiq gapirgan. Ibodullayev, o‘z murojaatida ilm kishilarini mahallada yurishga majburlash to‘g‘ri emasligini, yurt ravnaq topishi uchun hamma o‘z ishini qilishi kerakligini ta’kidlagan.
«Keling, haqiqatga tik qaraylik! O‘zbekiston ilm-fani tobora jar yoqasiga yaqinlashmoqda. Ilmga kirib kelayotgan yosh olimlar orasida plagiatlik avj oldi. Scopus’da maqola chiqarish xuddi Sho‘rolar davrida qanday bo‘lmasin paxta planini bajarish kabi bo‘lib bormoqda. Ilmiy Kengashda rektorlar kafedra mudirlariga ochiqdan ochiq «Ko‘proq maqola yozinglar va bizning institut Top-1000talikka kirishi kerak”, deb qayta-qayta ta’kidlashmoqda. Natijada deyarli 80–90 foiz ilmiy maqola havodan olib yozib tashlanmoqda, ayniqsa tibbiyotda ana shunday achinarli ahvol.
Ilm qila oladigan xodim ham, qila olmaydigani ham dissertatsiya yoqlashga undalmoqda. Mana 30 yildirki, hech kim kafedralar moddiy-texnik bazasini yaxshilash haqida qayg‘urmaydi yoki yolg‘ondan qayg‘uradi. Demoqchimanki, 30 yildan buyon bizga va’dalar beriladi, biroq kafedra va ilmiy laboratoriya anjomlari eskirgandan eskirib boryapti. To‘g‘ri, ba’zi kafedralarga yangi uskunalar keltirilgan, biroq bundaylar barmoq bilan sanarli.
Yana qaytarib aytaman: ilm-fanda plagiatlik ochiqchasiga avj oldi va eng achinarlisi bundan hech qaysi ustoz va shogird uyalmayapti. Plagiatlik oddiy holga aylanib qolmoqda», – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi professori.
«Nashr et yoki yo‘q bo‘l» — O‘zbekistonda sifatsiz «olimlar»ning ko‘payish omillari
Shuningdek, Zarifboy Ibodullayev kemiruvchilarning Sardoba suv ombori to‘g‘oniga ta’sirini aniqlash uchun Fanlar akademiyasi mutaxassislarining «ilmiy safar»ga yuborilishi sharmandali holat ekanini aytgan.
«Avvaliga buni hazil deb o‘yladim. Keyin bilsam, rostdan ham Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti mutaxassislari Sardoba suv omboriga «ilmiy safar»ga yuborilgan. Fanlar akademiyasi matbuot xizmatining










