Rasmiylarga köra, bazadan taxminan bir kilometr masofadagi qurigan öt-ölan tutaşidan boşlangan. Şundan keyin olov tezlik bilan Kanada qurolli kuçlarining Ueynraytdagi bazasi poligoni böylab tarqalgan – bu baza Albert provinsiyasi poytaxti Edmonton şahridan taxminan 210 kilometr şarqda joylaşgan.
Bu vaqtda poligonda harbiy maşğulot ötkazilayotgandi. Edmontonda joylaşgan 1-diviziya komandiri Ueyd Ratlend jurnalistlar bilan muloqotda aytişiça, 96 km/soat tezlikka çiqqan kuçli şamol tufayli yonğin avj olgan.
General Ratlend tösatdan esgan şamol va uning ortidan olov tarqalişini «ğayrioddiy va şiddatli» hodisa deb taʼriflagan – alanga atigi 30-60 soniyada bir kilometr masofani bosib ötdi, deb yozadi Reuters. «Men, albatta, heç qaçon bunaqasini körmaganman», –deydi general.
Rasmiylar qurbonlarning şaxsini oçiqlagan: serjant Morgan Vong, oddiy askar Şon Farrell, oddiy askar Eydan Gulding va oddiy askar Heyden Likkemark.
Kanada boş vaziri Mark Karni öz murojaatida sodir bölgan voqeani «tinçlik davridagi Kanada hududida qurolli kuçlar safida röy bergan eng oğir fojialardan biri» deb atadi.
«Mamlakat qurolli kuçlarimizning jasur harbiy xizmatçilarini yöqotganimiz uçun aza tutmoqda», – dedi Karni. U halok bölganlar xotirasi uçun butun mamlakat böylab barça federal binolardagi davlat bayroqlarini tuşirişga buyruq bergan.
Alberta boş vaziri Daniel Smit maʼlum qilişiça, jabrlanganlarning köpçiligiga «bir neça hafta yoki bir neça oy» davomida ixtisoslaştirilgan intensiv tibbiy yordam körsatiladi. Uning maʼlumotiga köra, şifoxonaga yotqizilgan 39 kişidan kamida 19 nafari oğir ahvolda.

Ratlendning sözlariga köra, yonğin boşlangan paytda yengil piyodalar batalyonining 85 nafar askari daştda joylaşgan bazada öq-dorilardan foydalangan holda «yuqori intensivlikdagi» harbiy tayyorgarlikdan ötayotgan edi. Bu askarlar Kanadaning xorijdagi eng yirik harbiy missiyasi joylaşgan Latviyaga jönab ketişi kerak edi.
«Maşğulotlarda Ueynrayt öquv markazi hududida turli qurollardan foydalanilgan», – degan general. Uning aniqlik kiritişiça, gap granatomyotlar, granatalar, öqotar qurollar va öq-dorilar haqida boradi.













