AQŞning Pensilvaniya ştati Filadelfiya şahrida bugun köplab afğonistonlik özbeklar istiqomat qiladi. Ularning aksariyati ilgari Özbekistonda bölmagan, lekin millati özbek bölgan insonlar. Afğon özbeklari ançagina faol, Özbekiston bayramlarini keng nişonlab kelişadi, ayniqsa til bayramini.

Bu yil ham Filadelfiya şahridagi til bayramiga bağişlangan tadbirda önlab insonlar yiğilgan.
Kun.uz’ning AQŞdagi muxbirining xabar berişiça, Indiana universitetining professori Nazif Şahroniy Afğoniston turklari, xususan özbek va turkman xalqlarining tarixi haqida tadbirda maʼruza qilgan. U özbek tilini asrab-avaylaşning ahamiyati, tilning tarixiy-madaniy özlikni saqlaşdagi örni haqida fikr bildirgan.

Afğonistonning taniqli sanʼatkori Farhod Daryo esa badiiy qismda özbekça qöşiqlar kuylab berdi. U sanʼat va musiqaning insonlarni birlaştirişdagi örni, til va madaniy xilma-xillikka hurmat bilan munosabatda böliş hamda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaş kerakligini gapirdi.

Ona tili bayramida yoş bolalardan tortib, ayollargaça şeʼr va ğazallar aytişdi.
Şuningdek, Farhod Daryo, Xayr Muhammad Çovuş, Said Kabir Kamol kabi sanʼatkorlar özbekça kuyladi. Tadbir doirasida özbek milliy taomlari, anʼanaviy kiyimlar körgazmasi ham taşkil etildi.

Dastur yakunida milliy taomlar tortiq qilingan, özbek tilida samimiy suhbat va muloqot qilindi.
Umuman olganda, afğon özbeklari ona tili bayramini AQŞda keng nişonlaş bilan bu millatga va uning tiliga bölgan yuksak hurmatlarini izhor etişmoqda.












