AQŞ-Eron muzokaralari
AQŞ va Eron rasmiylari yetti oylik uruşga barham beriş böyiça yangi harakatlar doirasida duşanba kuni vositaçilar bilan alohida-alohida muzokaralar ötkazdi.
Bu haftada ötadigan har qanday muzokaralar BMT tadbirlari doirasida Eron taqdim etgan yetti kunlik taklifning özgartirilgan tahririga qaratiladi, deb yozmoqda Reuters.
Eronning yetti kunlik rejasi – barça frontlarda jangovar harakatlarni töxtatiş, Eronning milliardlab dollarlik aktivlarini muzlatişdan çiqariş, uning neftiga nisbatan sanksiyalarni bekor qiliş va AQŞ blokadasini olib taşlaşni nazarda tutadi.
Şundan söng Eron Hörmuz böğozining qayta oçilişiga ruxsat beradi. Tomonlar Eronning yadro dasturi va yuqori darajada boyitilgan uranni yöq qiliş böyiça muzokaralarni qayta tiklaydi. Tramp şanba kuni bu takliflarni rad etgandi.
Eron OAVlariga köra, taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi sönggi takliflarga AQŞning rasmiy javobini kutmoqda. «Agar amerikaliklar kelişuvga yoki tinç yeçimga erişmoqçi ekanini daʼvo qilişsa, biz ana şu yeçimni taqdim etdik», dedi Araqçi.
Prezident Donald Tramp ham qöşimça tafsilotlarni oşkor qilmagan holda, duşanba kuni AQŞ rasmiylari vositaçilar bilan alohida muloqot ötkazganini aytdi.
Uruş fevral oyi oxirida AQŞ va Isroilning Eronga hujumlari bilan boşlangan bölib, yetti oy davomida minglab odamlar hayotiga zomin böldi. Neft taşiş uçun hayotiy muhim bölgan dengiz yöllari tösib qöyilgani sababli jahon bozorlarini larzaga soldi. AQŞ va Eron avvalroq vositaçilik orqali ötkazilgan tinçlik muzokaralarida ikki marta - aprel va iyun oylarida öt oçişni töxtatişga kelişgandi. Biroq bu kelişuvlar tezda barbod bölgan.
Şimoliy koreyalik harbiylar mojarosi
Şimoliy Koreya Rossiyaga 10 mingga yaqin harbiy xizmatçini jönatişga tayyorgarlik körmoqda. Şu bilan birga, sakkiz mingdan ortiq şimollik askar allaqaçon mamlakat hududida bölib turibdi. Bu haqda razvedka maʼlumotlariga tayanib, duşanba kungi murojaatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy maʼlum qildi.
Ukraina rahbari sözlariga köra, hozirda harbiylar «tayyorgarlikdan ötiş va keyinçalik jönatiliş uçun tanlab olinmoqda». «Rossiya hukumati xorijliklarni yollaşni köpaytirişni rejalaştirmoqda. Rossiya öz armiyasiga odamlarni jalb qilayotgan mamlakatlar hukumatlari bunga qarşilik körsatişi muhim. Biz har bir hukumatni xabardor qilamiz», dedi Zelenskiy.











