Ar-Riyoddagi qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport faoliyati vaqtinçalik töxtatildi, deb xabar berdi Saudiya Arabistoni fuqaro avaiatsiyasi boşqarmasi.

Hukumat aeroportga hujum bölganini tasdiqladi, lekin zarba kim tomonidan berilganiga aniqlik kiritmadi.

«Hujum natijasida bir neça kişi jarohatlandi. Jabrlanganlar soni aniqlanmoqda», - deyiladi xabarda.

AFP agentligi xabariga köra, önlab kişilar jarohatlangan, kamida beş kişi reanimatsiya bölimiga joylaştirilgan.

Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Ispaniya va AQŞ elçixonalari öz fuqarolariga aeroportga bormaslikni tavsiya qildi. Ispaniya elçixonasi bu husiyçilarning yangi hujumi bilan boğliq ekanini bildirdi. 

Husiyçilar oxirgi marta 8-oktabr kuni Ar-Riyod aeroportiga zarba bergandi. Mazkur hujum oqibatida uç kişi halok bölgan.

Avvalroq Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi elçixonasi uşbu mamlakatda bölib turgan yoki u yerga safar qilişni rejalaştirayotgan fuqarolarga murojaat qilib, mintaqadagi keskinlik sabab aviareyslar jadvali, parvoz yönalişlari va tranzit qoidalari özgarişi mumkinligini eslatgandi.