AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Samarqanddagi biznes-forumda Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatiga yuqori baho berdi.
U öz nutqida AQŞ–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi hamraislari – AQŞ prezidentining maxsus vakili Serjio Gor hamda Saida Mirziyoyevaga alohida minnatdorlik bildirdi.
«Biz uni şunçaki Saida deb çaqiramiz, çunki uni turli joylarda, köplab tadbirlarda uçratamiz. U nihoyatda isteʼdodli, aqlli va mehnatkaş inson. Bu işga ajratgan vaqtingiz va kuç-ğayratingiz uçun ikkingizga ham rahmat», – deydi Rubio.
AQŞ davlat kotibining taʼkidlaşiça, ularning saʼy-harakatlari va S5+1 guruhi bilan hamkorlik – davlatlar hamda xususiy sektor imkoniyatlarini birlaştiriş, mamlakatlar örtasidagi biznes aloqalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
«Biz mustaqil va suveren davlatlarmiz. Har birimiz öz mamlakatimiz va xalqimiz uçun eng yaxşisini istaymiz. Aynan şu umumiy qadriyatlar va maqsadlar munosabatlarimizni samarali rivojlantiriş imkonini bermoqda», – dedi Marko Rubio.












