Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş, boşqariş va moliyalaştirişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
Qarorga köra, avvalroq oliy ta'lim muassasalari tasarrufiga ötkazilgan bir qator institutlar Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytariladi.
Jumladan, akademiya tarkibida quyidagi institutlar böladi:
- Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti;
- Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti negizida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;
- ÖzMU Fizika fakultetining tegişli laboratoriyalari va noyob obektlari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi FVV huzuridagi Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi instituti;
- Toşkent davlat texnika universiteti Muhandislik-fizika fakultetining tegişli laboratoriyalari negizida U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti;
- Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inşootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toşkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq maşinasozligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida M.T.Örozboyev nomidagi Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi instituti;
- Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti;
- Toşkent davlat şarqşunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarq qölyozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti;
- Samarqand şahridagi Arxeologiya instituti va Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Toşkent bölimi negizida Ya.Ğulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti;
- Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Özbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti;
- Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Özbek tili va adabiyoti muzeyi negizida Alişer Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligining Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Özbekistonning eng yangi tarixi jamoatçilik kengaşini Fanlar akademiyasi huzuridagi Özbekistonning eng yangi tarixi jamoatçilik kengaşiga aylantiriş töğrisidagi taklifi qondiriladi.
















