Yangi robot kompaniyaning mavjud H2 platformasi asosida yaratilgan. Unitree eʼlon qilgan qisqa videoda uning jismoniy imkoniyatlari hamda odamlarni himoya qilişga qaratilgan sahnalaştirilgan vaziyatlar körsatilgan.

Rolik boşida robot metall çiqindilari maydonçasidagi avtomobil tomiga çiqib, orqaga salto qiladi. Keyin tizzasi, tirsagi va muştlari bilan maşinaga zarba beradi. Natijada eşiklar va kapotda sezilarli ezilişlar paydo böladi.

Şundan söng H2-X balandligi tört metr deb körsatilgan platformadan sakraydi, yerga tuşgaç, dumalab, yana oyoqqa turadi. Keyingi kadrlarda u sakrab tepiş va salto kabi harakatlarni bajaradi.

Unitree’ning taʼkidlaşiça, videoda haqiqiy sinovlar aks etgan va tasvir tezligi oşirilmagan.

Rolikning boşqa qismida qöriqlaş va qutqaruvga oid sahnalaştirilgan holatlar namoyiş etilgan. Bir epizodda robot ayol bilan qurollangan kişi örtasiga turib, uni çekinişga majbur qiladi. Boşqasida yaqinlaşib kelayotgan avtomobil yölida turgan odamni itarib, çetga olib çiqadi.

Yana bir sahnada esa robot maşina ostidagi manekenni çiqariş uçun avtomobilning old qismini biroz kötaradi. Demak, videoda butun avtomobilni yerdan uzib kötariş emas, uning bir qismini kötariş körsatilgan.

H2-X’ning batafsil texnik xususiyatlari hozirça töliq oçiqlanmagan. Kompaniya töliq quvvatlangan akkumulyator taxminan sakkiz soat işlaşga yetişini bildirmoqda. Biroq bu körsatkiç qaysi yuklama şaroitida olingani aniq emas. Uzoq yuriş va şiddatli sakraşlar avtonom işlaş vaqtini qisqartirişi mumkin.

Taqqoslaş uçun, oddiy H2 modeli siğimi 15 amper-soat bölgan tez almaştiriladigan bitta akkumulyator bilan taxminan uç soat işlaydi. Yangi robotda qanday batareya yoki energiya tejaş yeçimi qöllangani haqida töliq maʼlumot berilmagan.

Eʼlon qilingan maʼlumotlarga köra, H2-X’ning böyi qariyb 182 santimetr, vazni esa 70 kilogramm bölib, bu jihatdan u bazaviy H2 modeliga mos keladi.

Robot 31 ta erkinlik darajasiga ega. Bu uning böğimlari turli yönalişlarda mustaqil harakatlana olişini anglatadi. Har bir oyoqqa oltitadan, har bir qölga yettitadan, bel qismiga uçta va boş qismiga ikkita erkinlik darajasi töğri keladi.

Işlaş harorati diapazoni minus 20 darajadan plyus 60 darajagaça deb körsatilgan. Karkasda aviatsiya alyuminiysi, titan qotişmasi va yuqori mustahkamlikdagi polimerlar işlatilgan.