23-sentabr kuni Eron prezidenti Masʼud Pezishkiyon AQShda – BMT Bosh Assambleyasi oliy darajadagi muzokaralarida nutq soʻzladi.

«AQSH prezidenti bizni terrorchilar deb atadi. Aslida biz terrorizm qurboni boʻlganmiz», dedi Eron vakili BMTga yuzlanib. Shundan soʻng u 28-fevral kuni AQSH va Isroil hujum boshlaganda – oʻz qarorgohiga qilingan zarba natijasida halok boʻlgan mamlakatning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning suratini koʻrsatdi.

2026-09-24 10.19.13
Foto: Reuters

Pezishkiyon Minobdagi boshlangʻich maktab va Lamerddagi sport majmuasiga qilingan raketa zarbalarida halok boʻlgan 100 dan bolalarning ayrimlarini suratlarini ham taqdim etdi. AQSH Lamerdga zarba berganini rad etadi va Minobda nima sodir boʻlganini haligacha oʻrganayotganini aytib keladi.

«Bizning begunoh xalqimiz mamlakatimizga nisbatan uyushtirilgan qoʻrqoqlarcha hujumlar va tajovuzlarning nishoniga aylandi. Va biz oʻzimizni bor kuchimiz bilan himoya qildik», – dedi Pezishkiyon.

Seshanba kuni Bosh Assambleyadagi nutqida Tramp uning oldida «katta qaror» turganini taʼkidladi – yo eronliklarga oʻz mamlakatini qayta qurishga imkon beradigan kelishuv boʻyicha muzokara olib borish, yoki «Islom Respublikasini yoʻq qilish va buni tez amalga oshirish». Pezishkiyon bu tahdid «zoʻravonlik mentalitetining belgisi» ekanligini aytdi.

«[Tramp] bilishi kerakki, sanksiyalar, ortib borayotgan bosim va zoʻravonliklar qarshisida Eron xalqining qarshiligi faqat kuchayib boradi. Biz hech qachon bosh egmaymiz yoki tiz choʻkmaymiz», – dedi u.