19-oktabr kuni Samarqandda “Markaziy Osiyo – AQŞ” mintaqaviy muloqoti doirasida beş respublikaning taşqi işlar vazirlari Özbekistonga kelgan. Tadbir avvalidan vazirlar birgalikda fotosuratga tuşişdi. Iştirokçilar qatorida AQŞ prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo böyiça maxsus vakili, AQŞning Hindistondagi elçisi Serjio Gor ham bor.

Sammitda sözga çiqqan AQŞ davlat kotibiga köra, “C5+1” Amerikaning mintaqaga sadoqatini anglatadi.

“Biz Qöşma Ştatlar, muhim sanoatimizni va ularni qöllab-quvvatlaydigan taʼminot zanjirlarini himoya qilişga intilamiz, toki biz suveren va mustaqil davlat hamda iqtisod böla olaylik va heç qaçon xavfli xorijiy hamkorlarga yoki hatto raqiblarga tayanib qolmasligimiz lozim”, deydi Rubio.

Va bu forum, "C5+1", nafaqat Amerikaning qiziqişini, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqinroq, tinç munosabatlarni rivojlantirişga bölgan Amerikaning sadoqatini ifodalaydi, deya qöşimça qildi davlat kotibi.

“Birgalikda, biz öz mamlakatlarimiz uçun resurslar, investitsiya imkoniyatlari va savdo hamkorliklarini taʼminlaşimiz mumkin, toki har birimiz suveren davlat bölib qolamiz va jamoaviy farovonligimizni birgalikda oşiramiz. Ötgan yili Oq uyda bölib ötgan sammit transport, energetika va moliya sektorlarimiz uçun jami 25 mlrd dollarlik bitimlarga zamin yaratgandi”, deya sözini davom ettirdi Marko Rubio.