Afrika savanna fillari - quruqlikdagi eng yirik sutemizuvçilar. Ularni tik va örmonli toğ yonbağirlarida tasavvur qiliş qiyin. Biroq A-Z Animals naşri xabariga köra, Tanzaniyada mingtagaça fil Udzungva toğlariga kötarilib turadi.

Buning sababi ozuqa va suvning mavsumga qarab turli hududlarda özgarişidir. Qariyb ikki ming metr balandlikda ösadigan bambuk qurğoqçilik paytida fillar uçun işonçli ozuqa manbaiga aylangan. Toğlardagi tabiiy tuzli joylar esa hayvonlarni zarur minerallar bilan taʼminlaydi.

Fillar önlab yillar davomida köçiş çoğida Kilombero vodiysini kesib ötgan. Biroq bu hududda qariyb 50 yildan beri qişloq xöjaligi yerlari mavjud bölib, hayvonlarning harakat yölini saqlaş uçun mahalliy aholi bilan kelişişga töğri kelgan.

2025-yil aprelida Tanzaniya hukumati Nyerere - Udzungva yölagini mamlakatdagi qonun bilan muhofaza qilinadigan birinçi yovvoyi tabiat koridori sifatida tasdiqlagan. Uning uzunligi taxminan 14 kilometr, eni esa 200 metrni taşkil etadi.

Yölak Nyerere milliy boği va Magombero örmon qöriqxonasini Udzungva-Mauntins milliy boği bilan boğlaydi. Bu hayvonlarga muhofaza etiladigan hududlar örtasida harakatlaniş imkonini beradi.

Loyiha işlari 2023-yil noyabrida boşlangan. Janubiy Tanzaniya fillarini muhofaza qiliş dasturi mutaxassislari hamkorlar bilan birga yölak böylab 59 ta fototuzoq örnatgan.

Dastlabki 15 oyda kameralar sutemizuvçilarning kamida 1440 marta ötişini qayd etgan. Şundan 529 tasi fillarga töğri kelgan. Yölakdan buyvollar, servallar va asalxör börsiqlar ham foydalangan.

Loyihada iştirok etgan 368 yer egasining har biri yölak uçun 1000–2000 kvadrat metrdan yer ajratgan. Ularga jami qariyb 2,2 milliard Tanzaniya şillingi - taxminan 880 ming AQŞ dollari miqdorida kompensatsiya berilgan.

Rasmiylar mahalliy aholi uçun yangi iş örinlari yaratilişi, şuningdek, yölakni saqlaş bilan boğliq daromad keltiruvçi loyihalarda iştirok etiş imkoniyati paydo bölişini ham bildirgan.

Biroq tabiat himoyaçilari boşqa hududlardagi hayvonlar köçiş yöllarini ham muhofaza qiliş zarurligini taʼkidlamoqda. Loyihada iştirok etmagan Grumeti Fund vakili Jorj Loxayning fikriça, Tanzaniyaning boşqa qismlaridagi şunday yölaklar ham huquqiy himoyaga muhtoj.

Fototuzoqlar natijalari Nyerere - Udzungva yölagidan hayvonlar faol foydalanayotganini körsatdi. Bu tajriba qişloq xöjaligi yerlari orasida qolib ketayotgan boşqa tabiiy köçiş yöllarini saqlaş uçun ham asos bölişi mumkin.