Koreyadagi vatandoşlar bilişi kerak bölgan 10ta tavsiya (2-qism)
|20:50 / 26.11.201954 36410 min
«Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqolada Janubiy Koreyaga öqiş yo işlaş uçun borayotgan vatandoşlar bilişi tavsiya etiladigan yana beşta muhim ma'lumot sanab ötiladi.
6. Çiqindi taşlaşda maxsus pullik paketlardan foydalaning
Janubiy Koreyada çiqindi masalasi biroz tuşunarsiz körinişi mumkin. Axlat taşlaş uçun maxsus joylar bor, lekin deyarli alohida qutilar joylaştirilgan maydonlarni uçratiş qiyin. Aholi belgilangan hududlarga axlatlarni olib çiqib qöyişadi, erta tongdan maxsus xizmatçilar çiqindilarni yiğib çiqadi. Köça çetlarida uyum-uyum çiqindilar taşlanaveradi. Talab qilinadigan jihat şuki, bu işni maxsus paketlardan foydalangan holda bajariş lozim.
Mazkur qoidaga e'tibor bermaydigan yoki undan xabarsiz insonlar ham topiladi. Agar çiqindi taşlaşda qoidaga rioya qilinmasa va şu şaxs ustidan şikoyat tuşgan taqdirda, hatto aeroportdan çiqib ketayotganda ham jarima undirib olingan vaziyatlar haqida yurtdoşlarimizning öz oğzidan eşitdik. Jarima – 300 dollar atrofida.
Paketlarning turlari ham bor. Ularning rangi va hajmi maqsadiga köra farq qiladi – oq, puşti, yaşil va oç kök. Ularni ajratişda qiynalsangiz, izlaşda koreysça nomidan foydalanişingiz mumkin: odatiy çiqindilar uçun – 쓰 레 기 봉 투, oziq-ovqat mahsulotlari uçun – 음식물 쓰레기 봉투. Paketlar pullik bölib, deyarli barça oziq-ovqat dökonlarida sotiladi.
Eslatma: Çiqindilar maxsus joylarga soat 19:00-23:00 oraliğida olib çiqilişi zarur, undan erta emas.
7. CCTV – butun mamlakat böylab kuzatuv kameralari örnatilgan
«Özingni ehtiyot qil, qöşningni öğri tutma» degan maqol borki, bizning yurtda har kim öz mulki xavfsizligi uçun yaxşigina himoya çoralarini körib qöyadi. Koreyada har bir nuqtaga tun-kun işlaydigan kuzatuv kameralari örnatilganligi bois ham, köpçilik mahalliy aholi öz mulki xavfsizligiga ortiqça e'tibor bermaydi. Velosipedlar qulflanmagan, şaxsiy buyumlar şunçaki jamoat joylarida egasiz turganini köriş mumkin. Keraksiz ekan degan notöğri tuşunçaga boriş mutlaqo xato böladi.
Mavzuga oid
Afsuski, ta'kidlab ötişga majburmiz, ötgan oylarda Markaziy Osiyo davlatlari vakillari (özbeklar ham bor) tomonidan jamoat joylaridagi velosipedlarni öğirlaş aybi bilan qölga tuşganlar haqida xabarlar tarqalgan.
Öşa aybni qilganlar ham balki «Bizni topib olişmaydi» deb jön fikr qilişgandir, ammo unday emas. Xavfsizlik tizimi yaxşi yölga qöyilgan, jinoyat sodir etgan har qanday şaxs albatta qonun oldida jazoga tortiladi.
Yana bir muhim masalani yodga oliş örinli böladi. Xorijda bir millat vakilining qilgan maqtovga sazovor işi yoki nomaqbul qilmişi butun bir xalqqa ta'rif beriş uçun asos böla oladi. Şunday ekan, biz reja qilgan yumuşlar boşqa millatdoşlarga ham ta'sir etişini yodimizdan kötarmaylik.
8. Halol oziq-ovqatlar topiş borasida maslahat
Bu masalaga alohida töxtalmaslik xato bölgan bölardi. Janubiy Koreyada oziq-ovqat mahsulotalarini tayyorlaşda çöçqa göşti va yoğidan keng foydalaniladi. Hatto şirinliklarda ham uçratiş mumkin. Bundan taşqari, ozuqa ta'mi borasida Koreya va Özbekiston orasida yer bilan osmonça farq bor.
Koreya musulmonlari federatsiyasi ma'lumotiga köra, bugungi kunga kelib mamlakatda 150 mingdan ziyod musulmon istiqomat qilmoqda. Indoneziya, Pokiston, Malayziya, Markaziy Osiyo va Afrika davlatlaridan kelganlar – Koreyadagi musulmon diasporasining asosini taşkil etadi. Musulmon qatlam köpayib borayotgani sabab, tadbirkorlar halol mahsulotlar savdosi va xizmat körsatiş sohalariga köproq e'tibor qaratişyapti.
Halol va özbekça oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilişda quyidagi brendlar köpçilik tomonidan e'tirof etilayotganining guvohi böldik: Ebozor, Halal Baraka, Bozoraka, Otash qassob, Al Baraka, Özbegim, Xalqlar döstligi va Storeling halol oziq-ovqat dökoni.
Har birining ijtimoiy tarmoqlarda manzili mavjud bölib, butun Koreya böylab yetkazib beriş xizmati yölga qöyilgan.
9. «Nelegal»ga çiqiş yoki G-1 (gumanitar) viza oliş Janubiy Koreyada uzoqroq muddat qoliş uçun töğri yeçim emas
Mehnat qiliş maqsadida kelganlarning şartnoma vaqti tugab borayotgan paytda yoki talabalarning kontraktdan qiynalib yurgan kezlarda noqonuniy hayotga çiqiş haqida öylay boşlaşi, ming afsus bölsinki, köp kuzatilyapti. Uzoqni öylamay turib, bemaslahat bunday qaror qabul qilişning oqibati salbiy bölişi mumkin.
«Uyga qaytib qanday iş qilamiz, qanday oila boqamiz?» degan hadikning borligi buning asosiy sabablaridan. Lekin qaçondir vatanga qaytayotgan paytingizda noqonuniy yurganlik uçun ma'lum miqdordagi jarima Koreya hukumati tomonidan undirib olinadi. Immigratsiya xodimlari bilan töqnaş kelib qolişga bölgan doimiy qörquv ta'qib etaveradi, oxirgi bekat esa deport!
Noqonuniy hayotga çiqiş köpinça işçining mehnat şartnomasidagi muddat tugagandan söng yoki talabalarning öqişni taşlab, qonunni çetlab ötgan holda Koreyada yaşaş-işlaşni davom ettirişi bilan boğliq böladi. Bir qaraganda heç qanday ma'suliyat yöqdek, özingga xon, özingga bek bölib yaşaş çiroyli körinişi mumkin, lekin zararlari foydasidan kam bölmaydi.
G-1 – qanday viza turi? Gumanitar viza deya nomlangan G-1`ni beşta holatda qölga kiritiş mumkin. Umuman olganda, mazkur viza turining qörqinçli joyi yöq, ammo bu statusni qölga kiritişdagi rökaç qilinadigan soxta ma'lumotlar arizaçining oyoğiga bolta urib qöyişi mumkin.
Qanday sabablarga köra şaxsning Koreyada qolmoqçi ekani oçiqlanişi zarur bölgan bu vaziyatda tarjimonlar ham iştirok etadi. Agarda keltirilgan sabab yolğonligi isbotlansa, har ikki şaxs ham tegişli tarzda javobgarlikka tortiladi.
G-1 vizaga ötkazişdagi kömaklaşiş xizmati ham noqonuniy hisoblanadi. Bu iş köp hollarda ma'lum miqdordagi pul evaziga bajariladi.
Gumanitar viza turiga ötiş – bu endi emin-erkin mehnat qiliş mumkin böldi degani emas. Bu viza faqatgina yaşaşga ruxsat beradi xolos, mehnat faoliyati esa noqonuniyligiça qolaveradi.
10. Har qanday viza turida doimiy yaşaş huquqini oliş imkoni mavjud – KIIP va OASIS kurslari
Zararli oqibatlari talaygina bölgan gumanitar vizani oliş yoki «nelegal»ga çiqişga şoşilmang! Birozgina murakkab, lekin qonuniy yöllardan foydalangan holda vizani nisbatan barqaror turiga özgartiriş imkoniyati yöq emas.
Bunda maxsus ballik tizimdan foydalaniladi. Uşbu tizimda yuqori ball oliş uçun muhim rol öynaydigan ikki öquv kurslarida tahsil oliş va sertifikatlarga ega çiqiş tavsiya etiladi. Bular – koreys madaniyati asosidagi koreys tili kurslari (KIIP) va Koreyada startap qiliş xohişidagi çet elliklarga yöl-yöriq körsatiş kurslari (OASIS).
OASIS kurslarida Koreyada biznes bilan şuğullaniş yöllari va viza turini özgartiriş borasida mutaxassislar tomonidan qimmatli maslahatlar beriladi. Koreyada uzoqroq qolişni istaganlar uçun haqiqatda foydali kurs. Darslar atigi uç kun davom etadi. Ammo kurs yakunida beriladigan sertifikat immigratsiya organlarida juda qadrli sanaladi.
Kurslar mutlaqo bepul bölib, öqiş mobaynida öquvçilar talabiga köra tuşlik taşkil etiladi. Talabalarning köpçilik qismi musulmon bölgan taqdirda, halol oziq-ovqatga ehtiyoj borligi ma'lum qilinsa bölgani.
KIIP – bepul koreys tili darslari. Dars kunlarini öz xohişingizga köra tanlaşingiz mumkin. Odatda aksariyat öquvçilar şanba-yakşanba kunlari tuşlikka qadar öqişni ma'qul köradi.
Öquv kursining 5 darajasi mavjud bölib, imtihon asosida, bilim darajasiga qarab talabalar guruhlarga ajratiladi. Kiiptest.org orqali röyxatdan ötiş mumkin.
Bonus tavsiya: Qizlar bilan munosabatda ehtiyot böling, «şingu» qilib yuborişlari mumkin!
Şunday holatlar ham uçraydiki, çet elliklar koreyalik qizlar yoki ayollar bilan özlarini nomaqbul tutgani uçun yaxşigina jarima tölaşadi. Bu xatti-harakat köpçilik uçun oddiy tuyulişi mumkin, ammo Koreyada unday emas. Huştak çaliş, bexosdan turtinib ketiş, qizning bilagidan uşlaş, maşinada bölsangiz «yölni böşat» ma'nosida signal beriş – bularning barçasi «Tegajoğlik» moddasi bilan ustingizdan politsiyaga arz qiliş uçun yetarli böladi.
Eldor Vohidov,
Kun.uz muxbiri.
Agarda siz muhim deb hisoblagan, ammo maqolada yoritilmagan masalalar bölsa, izohlarda yozib qoldirişingizni söraymiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi