6 ta OTM abituriyentlari çet tilidan ijodiy imtihon topşiradi. Bu böyiça nimalar aniq va noaniq?
|18:23 / 19.02.202229 67711 min
Joriy yildan 6 ta OTMda çet tili birinçi blok bölgan yönalişlarda abituriyentlar odatiy tarzda test emas, ijodiy imtihon topşiradi. Bu ular uçun kutilmagan yangilik böldi va turli savollarni paydo qildi. Savollar – ijodiy imtihon qanday taşkil qilinişi, şaffoflik, ballar tizimi va istalgan OTMlardagi 5 ta yönaliş tanlovi çeklaniş-çeklanmasligi bilan boğliq.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Bu yil çet tili asosiy fani bölgan abituriyentlarni kiriş imtihonlarida yangilik kutmoqda. Fanlar majmuasiga çet tili birinçi fan sifatida kiritilgan:
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat çet tillari instituti;
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti.
Şuningdek:
Toşkent davlat pedagogika universiteti;
Qöqon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar böyiça pedagoglarni tayyorlovçi bakalavriat ta’lim yönalişlarida çet tilidan test emas, tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş hamda gapiriş kompetensiyalarini aniqlaş va baholaşga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadi.
«Xorijiy tillarni örganişni takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hukumat qaroriga köra, imtihonni DTM ötkazadi. Çet tilidan milliy (CEFR) va xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bölgan abituriyentlarning imtiyozlari saqlab qolinadi.
Kutilmagan yangilik
Bu hol çet tili böyiça tayyorgarlik körayotgan abituriyentlar uçun kutilmagan yangilik böldi. Sababi abituriyentlarning asosiy qismi test körinişidagi imtihon uçun tayyorgarlik körişadi. Ijodiy imtihon esa odatiy testlardan farq qiladi: öqiş, tinglab tuşuniş, yoziş va gapiriş könikmalarini sinovdan ötkazadi. OTMlarga çet tilidan maksimal ball beradigan sertifikat bilan kiradiganlar esa köp emas. Ötgan yilgi qabulda hujjat topşirgan 948 ming nafar abituriyentdan 8 079 nafarining sertifikati DTM tomonidan tasdiqlangan va qabul qilingan edi.
Ayni ötgan yilgi qabulda Özbekiston davlat jahon tillari universitetiga 16,3 ming, Samarqand davlat çet tillari institutiga 5,9 ming, Toşkent davlat şarqşunoslik universitetiga 4,9 ming nafar abituriyent hujjat topşirgan.
Yana 3ta pedagogika OTMlarining çet tilidan ijodiy imtihon olinadigan fakultetlariga hujjat topşiradigan abituriyentlar soni ham qöşilsa, ançagina kontingent hosil böladi va ular uçun qisqa muddatda ijodiy imtihonni taşkillaştiriş Davlat test markaziga katta vazifa yuklaydi. Ijodiy imtihon haqida hali köp narsa aniq emas, lekin e’lon qilingan yangiliklarni boriça tahlil qilişga harakat qilamiz.
Mavzuga oid
Faqat 6ta OTMda ijodiy imtihon, qolganida test ötkaziladi
Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabov ayni şu mavzuda taşkillaştirilgan ovozli çatda ma’lum qilişiça, joriy yilda faqat 6 ta OTMdagi çet tili birinçi blok bölgan yönalişlarda ijodiy imtihon ötkaziladi. Qolgan OTMlarda esa çet tili birinçi fan bölsa ham, abituriyentlar odatiy tartibdagi test imtihonini topşiradi.
Ijodiy imtihon faqat ingliz tili yönalişlari uçun emas
Çet tilidan ijodiy imtihon faqat ingliz tiliga taalluqli emas, birinçi blogi fransuz, nemis, italyan tili bölgan yönalişlarda ham ötkaziladi.
«Agar abituriyent yuqoridagi 6 ta OTMdan biriga hujjat topşirsa va uning birinçi blogi çet tili bölsa, (qaysi til bölsa ham) öqiş, tinglab tuşuniş, yoziş va gapiriş könikmalari böyiça imtihon topşiradi», – dedi Sarbor Rajabov.
Ijodiy imtihon qay tartibda ötkaziladi?
Sardor Rajabovning qayd etişiça, çet tilidan ijodiy imtihon ötkazilişi böyiça işçi guruh tuzilgan: uning tarkibida DTM vakillari, Xorijiy tillarni rivojlantiriş agentligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi xodimlari hamda çet tilidan ijodiy imtihon olinişi belgilangan 6ta OTM rektorlari, mutaxassislari bor.
«Işçi guruhning birinçi yiğilişini ötkazib, qaror ijrosi böyiça kelişib oldik. Biz imtihonni abituriyentlarga oğir bölmaydigan tarzda ötkazişni öylayapmiz.
Ijodiy imtihon ingliz tili darajasini aniqlaş böyiça DTM tomonidan ötkaziladigan CEFR imtihoniga öxşaş tarzda ötkaziladi. Çunki çet tili böyiça bizda ötkazilayotgan testlarning formati ham xalqaro darajaga töğri keladi. CEFR’ning köpçilik uçun qiyinçilik tuğdiradigan tarafi unda leksika va grammatikadan ham imtihon mavjud, IELTS imtihonida esa bu könikmalardan imtihon yöq, faqat öqiş, tinglab tuşuniş, yoziş va gapiriş könikmalari baholanadi.
Ijodiy imtihonda ham faqat 4ta könikma sinovdan ötkaziladi, leksika va grammatikadan alohida imtihon olinmaydi», – deya qayd etdi Sardor Rajabov.
Ijodiy imtihon şaffofligi qanday ta’minlanadi?
Sardor Rajabovning qayd etişiça, abituriyentlarni röyxatga oliş tugagaç, avgust oyida böladigan katta imtihongaça ijodiy imtihonlar ötkaziladi.
«CEFR imtihonlarida inson faktori minimallaştirilgan darajaga olib kelingan. Yozma işlar maxsus dasturda skanerlanadi, dastur javoblar varaqasidagi maxsus raqamni berkitadi va tegişli ekspertlarga random orqali yuboradi. Yozma iş 2 nafar ekspertga dastur orqali avtomatik yuboriladi. Masalan, Qoraqalpoğistondagi va Andijondagi ekspertlar öz şaxsiy kabinetiga kirib, yozma işni tekşiradi va baho qöyadi. Ularning bahosi bir-biridan keskin farq qilmasa, dastur 2ta ballni 2ga bölib bahoni çiqaradi. Agar bir ekspertning bahosi ikkinçisinikidan keskin farq qilsa, unda yozma iş uçinçi ekspertga yuboriladi va uning bahosi asosida yozma iş balli çiqariladi.
Gapiriş könikmasi ham töliq yozib olinadi va boşqa ekspertga ham yuboriladi, uning bahosi ham hisobga olinib, nomzodga ball qöyiladi. DTMda bu dastur yordamida bir neça yildan beri imtihon ötkazilyapti va hozirgi kunda respublika böylab 400dan ortiq eskspertlarimiz bor. Şuning uçun imtihon şaffofligidan şubha qilinmasa ham böladi», – dedi Rajabov.
5 ta yönaliş tanlovi ustida jiddiy öylanyapti
«Işçi guruhning birinçi yiğilişida kelişildiki, çet tilidan ijodiy imtihon topşirgan abituriyent katta sinovda yana bir marta test topşira olmaydi. Sababi ijodiy imtihon va testning baholaş mezonlari bir-biridan farq qiladi.
Masalan, 4ta könikma böyiça ijodiy imtihon topşirib, maksimal 93 balldan 70 ball töplagan abituriyentda test topşirib, özidan köproq ball olganlarga e’tiroz paydo bölişi mumkin. Şuning uçun hozirça jiddiy öylanyapti: abituriyent faqat ijodiy imtihon ötkaziladigan 6 ta OTMga 5 ta tanlov qilişi mumkinmi yoki boşqa OTMlarga ham topşiriş imkonini beriş mumkinmi?» – deydi DTM direktori örinbosari.
Uning tuşuntirişiça, qoida böyiça qabulda hamma bir xil mezon böyiça imtihon topşirişi kerak, test va ijodiy imtihonda esa mezonlar 2 xil böladi. Şuning uçun hozirça tanlov haqida aniq aytiş imkonsiz, lekin yakuniy qarorni, albatta, Qabul komissiyasi çiqaradi.
Muhim savollar
Ötgan yildan boşlab 5 ta fandan imtihon topşiriş tizimiga endigina moslaşa boşlagan abituriyentlar uçun bu yil yana boşqa yangilik e’lon qilindi. Lekin imtihon bilan boğliq hali savolli bölgan örinlar bor.
Bir neça 10 ming kontingentdagi abituriyentlar uçun imtihonni qisqa muddatda taşkil etiş;
Sardor Rajabovning qayd etişiça, ijodiy imtihon abituriyentlarni röyxatga oliş tugagandan söng, to avgustda asosiy test imtihonlari boşlangunga qadar bölgan oraliq muddatda ötkaziladi.
Masalan, ötgan yili qabul 20 iyulgaça davom etgan, 5 avgustdan esa kiriş imtihonlariga start berilgandi. Demak, röyxatga oliş tugaşi va asosiy imtihon boşlangunça bölgan oraliqda taxminan 15 kunlik muddat bor. Bu qisqa muddatda köpçilik uçun imtihon taşkil qiliş – qiyin vazifa, sababi parallel ravişda taxminan 1 mln umumiy kontingentdagi abituriyentlar uçun ham test sinovlarini boşlaşga harakatlar olib boriladi.
Bundan taşqari, tinglab tuşuniş könikmasidan imtihon oliş uçun maxsus şaroitdagi xonalarni tayyorlaş ham kerak böladi.
Ijodiy imtihon savollarining takrorlanişi xavfi;
Juda köp sonli abituriyentlar uçun yetarli darajada savollar bazasini şakllantirib ulguriş ham oson vazifa emas. Agar ularning takrorlaniş xavfi paydo bölsa, bu öz-özidan abituriyentlarning ballariga ham ta’sir qilişi mumkin.
Bundan taşqari, testologiya böyiça mutaxassis Komil Jalilov öz maqolasida ijodiy imtihonda işlatiladigan matnlar va audio materiallar uçun mualliflik huquqi egalaridan ruxsat oliş kerakligini ham eslatib ötgandi.
Mandat keçikişi xavfi;
Ötgan yilgi mandat undan oldingi yillar bilan soliştirganda ança keç e’lon qilingandi. Bu yilgi qabulda esa ijodiy imtihon olinadigan yönalişlar hisobiga kiriş imtihonlarining umumiy javoblarini e’lon qiliş yanada keçikişi mumkin.
Abituriyentlarda istalgan 5ta yönalişni tanlaş huquqi bölmasligi xavfi;
Ijodiy imtihon olinişi belgilangan 6 ta OTMdan biriga topşirayotgan abituriyentlarda öz yönalişiga fan bloklari jihatdan mos bölgan istalgan 4 ta OTMdagi yönalişlarni tanlaş imkoni bölmasligi mumkin. Ya’ni ularning tanlov doirasi faqat şu 6 ta OTM bilan çeklanişi mumkin. Bu hozirça faqat taxmin, yakuniy qaror Qabul komissiyasi tomonidan çiqariladi, lekin har qanday vaziyatda ham abituriyentlar örtasida notenglik paydo bölmasligiga harakat qilinişi zarur.
Abituriyentlarni tayyorlaydigan kadrlarga ehtiyoj mavjudligi;
DTM tomonidan çet tillaridan ijodiy imtihon ötkaziş böyiça ötkazilgan ovozli çatda auditoriya tomonidan «Qişloq hududlarda çet tili öqituvçilari, ayniqsa, ijodiy imtihonga tayyorlay oladiganlari kam. Avval kadrlar muammosi bir tarafga yeçilib, keyin ijodiy imtihon bölişi belgilab qöyilişi kerak emasmidi?» degan e’tirozlar ham bildirildi.
Yangi imtihon tizimi böyiça qöşimça ma’lumot oliş uçun Davlat test markazi bilan boğlandik. Matbuot xizmati hozirça imtihonni qanday taşkillaştiriş, yuzaga kelişi mumkin bölgan savollar ustida jiddiy işlanayotganini bildirib, tartiblar aniq bölişi bilan qöşimça ma’lumot berilişi haqida ma’lum qildi.
Tartib abituriyentlarni qiynamasligi va imtihon şaffofligiga ta’sir qilmasligidan umidvormiz. Hozirça abituriyentlarning ham qöşimça ma’lumot oliş uçun kutişdan va ijodiy imtihonga yaxşilab tayyorgarlik köraverişdan boşqa yöli yöq.