Prezident 2026-yil 2-oktabrda «Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–358-son qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi jami 17 ta oliy taʼlim muassasasining idoraviy böysunuvi özgartirildi.

Özbekiston milliy pedagogika universiteti esa Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

Bundan taşqari, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlaş sohasidagi qator vazifalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi.

Endi mazkur vazirlik yagona konseptual yondaşuv asosida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlaş siyosatini yuritadi va pedagogik taʼlimni rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilaydi.

Şuningdek, vazirlik zimmasiga pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlaş, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilğor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini joriy etiş vazifalari yuklatildi.

Pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning boşqaruv tizimini takomillaştirib boriş ham uning vazifalari qatoriga kiritildi.