«Real»da yirik, «Arsenal»da qiyin ğalaba. Kun öyinlari
|12:08 / 19.10.202615 8949 min
APLda maydon markazidan gol urildi, «MU» antirekordini yangiladi, «Arsenal» öyini çiqmaganda ham 3 oçko qölga kiritdi; Madridda esa Vinisius yöqligida Diomande porlamoqda. Yakşanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Maykl Kerrik Daniel Farke bilan bölib ötgan olti dueldan faqat bittasida ğalaba qozongandi, u ham bölsa – Liga kubogida. U «Midlsbro» boşqaruvida çempionşipda «Lids»ga qarşi ötkazgan tört öyinda ham germaniyalik mutaxassisning qöli baland kelgandi, ötgan mavsumning ikkinçi davrasida esa yorkşirliklar «Old Trafford»dan ğalaba bilan qaytgandi (2:1).
Murabbiylarning bu safargi töqnaşuvi esa köpçilik Kerrikning isteʼfosini talab qilayotgan davrga töğri keldi. Öyinning dastlabki qismi ança zerikarli keçdi – 25 daqiqa içida darvoza tomon birgina zarba yöllandi. Bu oraliqdagi eng yodda qolarli epizod esa 19-daqiqada Gudmundssonning butsasining ostki qismi bilan Santosning oyoğiga zarba bergani böldi. Bunday fol uçun qizil beriş ham mumkin edi, ammo hakam mezbonlar futbolçisini keçirdi va sariq kartoçka bilan kifoyalandi.
Bölimning ikkinçi qismida vaziyatlar yuzaga kela boşladi. Mbeumo bir neça imkoniyatlarga ega böldi va faqat uçinçi urinişda öz maqsadiga erişdi va Yuri Tilemansning qanotdan uzatmasini golga aylantirdi. Bu kamerunlik futbolçi uçun joriy mavsumdagi törtinçi golga aylandi.
Ammo şu kuni Kerrik Farkega qarşi öyinlardagi noxuş anʼanasini baribir yöqqa çiqara olmadi. Ikkinçi bölim boşida mezbonlar hujumkorlikni oşirişdi va bu Kalvert-Lyuin hisobni tenglaştirişi bilan yakunlandi. Ingliz hujumçisi standart vaziyat çoğida Muharemoviç orqali kelgan töpni darvozaga kiritib yubordi – 1:1.
«Yunayted» qatorasiga uçinçi öyinda durang öynadi va hamon turnir jadvalining ikkinçi qismida va peşqadamlar guruhidan köra xavfli zonadagilarga yaqinroq. Taşqarida oktabr, «qizil iblislar» esa mavsum startidagi yetti öyinda atigi bir ğalabaga erişgan. Bunaqa yomon start jamoa tarixida hali bölmagandi. Maykl Kerrikning isteʼfosi haqidagi çaqiriqlar yanada balandroq yangray boşladi.
Parallel öyinda esa mavsumni öta yorqin boşlagan «Brayton» dastlabki ön daqiqa içida uçta gol urdi, yakuniy 5:0 hisobi esa «çaykalar»ning «Kristal Pelas» ustidan 1956-yildan buyon qozongan eng yirik ğalabasi böldi (öşanda jamoalar uçinçi divizionda iştirok etardi). Fabian Hyurseler jamoasi sermahsullik borasida fantastik körsatkiç qayd etmoqda: 7 turda 23 gol urildi. APL tarixida bundan yuqoriroq körsatkiçni faqat uç klub qayd etgandi – «Mançester Siti» (27), «Arsenal» va «MU» (24 tadan).
Diyego Gomesning goli esa nafaqat öyinning, balki tur bezagiga aylandi. Paragvaylik yarimhimoyaçi maydon markazida turgan holda töpni darvozabon ustidan oşirib darvozaga yölladi. Bunday harakat «Brayton»ning hozirda öziga bölgan işonçining yaqqol namunasi böldi. Opta maʼlumotiga köra, zarba berilgan nuqtadan darvozagaça bölgan masofa 51 metrni taşkil etgan. Bu Runining 2017-yilda 58 metrdan urgan golidan beri eng uzoq masofadan urilgan gol böldi.
Diego Gomez from 51 metres out 🤯 https://t.co/DXtjyfNJGV
«Brayton» tur yakunlariga köra ikkinçi örinda qolişi mumkin edi, ammo «Arsenal» qiyin öyinda ham ğalaba qozonişni uddaladi. «Kanonirlar» özi uçun noqulay bölgan raqib maydonida (oxirgi ikki mavsumda «Siti Graund»da hisob oçilmagandi, umuman bu stadionga qilingan oxirgi 6 öyinda birgina ğalabaga erişilgandi) öyinning oxirgi qismida ğalaba golini urdi. Mezbonlar butun öyin davomida quyi blokda himoyalanişdi, lekin 80-daqiqada Edegorning töpni raqib jarima maydoniga yetkazişga bölgan harakati yana bir bor himoyaçilar tomonidan bloklanganida Rays hujumni ikkinçi tempda davom ettirdi va çap qanotda özini taklif qilgan Maduekega pas berdi. Ikkinçi bölimda zaxiradan öyinga qöşilgan ingliz futbolçisi esa jarima maydoniga kirib, fint bilan raqibni yöldan oldi va özi uçun noqulay bölgan öng oyoğida zarba berdi. Töp himoyaçiga tekkan holda yönalişini özgartirib, darvozabonni doğda qoldirdi.
Mikel Arteta enjoyed Noni Madueke's @arsenal winner 🙌 https://t.co/VvHq3VNDS3
Vinisius Junior «Vilyarreal»ga qarşi öyindagi harakatlari uçun tört öyinga diskvalifikatsiya qilinişi «Real» boşlanğiç tarkibida ikkita muhim özgarişga olib keldi. Birinçidan, «Roma» bilan öyin qahramonlaridan biri Endrik haqli ravişda boşlanğiç tarkibdan örin oldi, Diomande esa nihoyat hujumning çap qanotida tuşirildi, u oldingi jamoasida ham, Kot-dʼIvuar milliy jamoasi safida ham aynan şu qanotda samaraliroq ekanini körsatgandi. Aynan uşbu afrikalik futbolçi birinçi bölimda ikki golli vaziyat yaratib berdi va faoliyatida ilk bor qatorasiga ikki öyinda ikki assist muallifiga aylandi.
U avvaliga töpni Bellinghemdan qabul qilib olib, Arda Guler oldinda özini taklif qilişini kutib turdi, turkiyalik yarimhimoyaçi esa uning pasini ajoyib trayektoriyada tösin ostidan darvoza töriga yölladi. Keyin esa Yan va Jud Mbappe uçun golli vaziyat yaratib berişdi. Kilian darvozabonga heç qanday imkon qoldirmadi va Yevropa ligalarida urilgan gollar soni böyiça afsonaviy Bernar Lyakomb bilan tenglaşib oldi (255). U fransuz töpurarlari reytingida Karim Benzemani (281 gol) quvib yetişga ham köp qolmadi.
U şu öyinning özida Lyakombni ortda qoldirdi va Benzemani taʼqib etişga kirişdi. Diomandening ajoyib pasidan keyin u jarima maydoniga kirib bordi va penalti işlab, uni özi panenka zarbasi bilan aniq ijro etdi. Buenoning hisobni qisqartiruvçi goli esa madridliklarni yana oldinga boşladi va öyinning eng yaxşi futbolçisi bölgan Diomande öz nomiga ham gol yozib qöydi.
Öyin oxirida esa Eder Militao olqişlar ostida «Bernabeu»ga qaytdi. Joze Mourinio klasikoga bir hafta qolganida himoya uçun qöşimça opsiyaga ega böldi.