AQŞ va Isroilning Eron bilan qariyb sakkiz oylik mojarosi yangi bosqiçga ötişi mumkin. New York Times naşrining AQŞ rasmiylari va muhokamalardan xabardor manbalarga tayanib yozişiça, ikki davlat harbiylari Amerikadagi oraliq saylovlardan keyin Eronga yana zarba beriş böyiça aniq rejalar tuzgan.
Operatsiya qisqa, ammo şiddatli bölişi kutilmoqda. Ayrim harbiy reja tuzuvçilar uç kunlik kampaniya Eron iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazib, Tehronni yon berişga majbur qilişiga işonadi. Naşrga köra, tayyorgarlik doirasida AQŞ va Isroil samolyotlari Iroq osmonida zarba beriş manyovrlarini maşq qilmoqda. AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset esa şu hafta Isroilda boş vazir Binyamin Netanyahu bilan uçraşib, yangi zarbalarni muhokama qilgandi.
Nişonlar orasida Eronning energetika infratuzilmasi, yadroviy obyektlari hamda raketa va dron arsenali bölişi mumkin. Biroq ayrim rasmiylarning aytişiça, neftni qayta işlaş zavodlari va neft infratuzilmasi çetlab ötiladi. Çunki AQŞ prezidenti Donald Tramp benzin narxi yanada oşişini istamaydi.
Rejalarda Eronning yadro dasturi ham bor. Xususan, “Kirka toği” (Pickaxe Mountain) deb ataladigan, yer ostiga çuqur joylaştirilgan obyektga hujum qilinişi mumkin. Tramp ötgan hafta unga qarşi “Barça bombalarning onasi” laqabli, qariyb 10 tonnalik MOAB bombasini qöllaşni öylayotganini aytdi. Biroq mutaxassislarning aytişiça, MOAB yer ustida portlaydi. Şu sababli u granit toğ ostidagi obyektni yöq qila olişi dargumon.
Zarba qaçon berilişi, umuman beriliş-berilmasligi esa Trampning qaroriga boğliq. U şu yil yirik janglarga qaytiş rejalarini bir neça bor rad etgan. Oktabr boşida ham ikki davlat harbiy-havo kuçlari eng yuqori şaylik holatida turgandi. Ammo Tramp sönggi daqiqada hujumni keçiktirdi. Bir qömondonning aytişiça, bunday qarorlar harbiy reja tuzuvçilar orasida “har kungi keskin silkiniş”ga sabab bölmoqda.

Rasmiylar Tramp oktabrning özida hujum boşlaşi ehtimolini kiçik deb hisoblaydi. Buning sabablaridan biri prezidentning noyabrdagi saylovlargaça zarba bermaslik haqida bergan vaʼdasi. Qolaversa, AQŞ harbiy kuçlari, jumladan, uçta avianosets, minglab dengiz piyodalari va maxsus operatsiyalar kuçlari noyabr boşidagina töliq joylaşib böladi.
Times'ning yozişiça, AQŞ harbiylari hujumlarni tun qoronğisida ötkazişni afzal köradi. Noyabr boşida esa Eron osmonida qoronği soatlar köpayadi.














