Beeline Uzbekistan egasi bölgan VEON guruhi Perfectum brendi ostida işlovçi Rubicon Wireless kompaniyasini töliq sotib olişga kelişganini eʼlon qildi.

Kompaniyaning 19-oktabrdagi xabariga köra, bitimning umumiy qiymati taxminan 207 mln dollar. Bu summaga Perfectum’ning qariyb 93 mln dollarlik moliyaviy qarzlarini öz zimmasiga oliş ham kiradi. Xarid uçun zarur pul mablağlari VEON’ning mavjud mablağlari hisobidan ajratiladi.

VEON bitim böyiça tegişli tartibga soluvçi organlarning ruxsatlari olinganini bildirdi. Xarid jarayoni oktabr oyi oxirigaça yakunlanişi kutilmoqda.

Perfectum aktivlari qatoriga 850 va 3800 MGs diapazonlaridagi jami 115 MGs çastota resursi, tarmoq uskunalari hamda Nokia texnologiyalari asosida qurilgan mustaqil 5G tarmoği kiradi.

VEON hisob-kitobiga köra, xarid natijasida Beeline Uzbekistan’ning çastota resurslari qariyb 50 foizga oşadi. Guruh bu orqali aloqa qamrovi va tarmoq siğimini kengaytiriş, 5G hamda uylar va biznes uçun simsiz internet xizmatlarini rivojlantirişni rejalaştirmoqda.

Aktivlarni Beeline tarmoği bilan integratsiya qiliş hisobiga investitsiya va operatsion xarajatlarni optimallaştiriş ham közda tutilgan.

Raqobat qömitasi esa “Veon” kompaniyalar guruhiga kiruvçi “VEON Uzb Holding LTD” kompaniyasi tomonidan Özbekistonda “Perfectum” savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini körsatuvçi “Rubicon Wireless Communication” AJning 100 foiz aksiyalarini sotib oliş böyiça arizasi körib çiqilgani va bitimga rozilik bildirilganini maʼlum qildi.

Perfectum avval qanday xususiylaştirilgan edi?

Kun.uz 2024-yil martida Perfectum xususiylaştirilgani haqida xabar bergandi. Öşanda korxona va taşkilotlar reyestrida operatorning yuridik şaxsi - “Rubicon Wireless Communication” MÇJning 100 foiz uluşi tadbirkor Abdumalik Iminovga tegişli ekani körsatilgan.

Kompaniyani xususiylaştiriş prezidentning 2020-yil 27-oktabrdagi qarorida belgilangan. Öşa vaqtda uning 65 foizi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga, 35 foizi AQŞda röyxatdan ötgan “Amis Protrade International” kompaniyasiga qaraşli bölgan.