23 avgustda Çeçenistonning Şali şahrida Yevropadagi eng katta – Muhammad payğambar (s.a.v.) nomidagi “Musulmonlar faxri” masjidi oçildi. Masjidni şahar aholisi qarori bilan Ramzon Qodirov nomiga qöyiş rejalaştirilgandi, biroq Qodirovning özi masjid oçilişi vaqtida barça uçun kutilmaganda masjid Muhammad payğambar nomi bilan atalişini ma'lum qildi.

Şuningdek, Qodirov respublika aholisidan uning vafotidan keyin uning nomiga kiçkinagina masjid qurişni iltimos qilgan.

“Bu masjidni qurişni boşlaganimizda, menga ulamolar, döstlarim, yaqinlarim murojaat qilib, uni mening nomimga ataşni söraşgandi. Men öşanda bunga rozi bölgandim, biroq iç-içimda quriliş yakunlangandan keyin masjidni sevimli payğambarimiz nomi bilan ataş istagi bölgandi. Men Tangri haqqi xizmat qiladigan sevimli halqimdan bu dunyodan ötganimda, yiğilişib mening nomim bilan ataladigan kiçik masjid qurişlarini sörab qolaman. Bu men uçun katta sovğa böladi”, deb aytgan Qodirov jurnalistlarga.

Qodirov oxirgi fursatgaça masjid nomini sir saqlaganini, çunki uning qurilişini yakunlaşning uddasidan çiqilmay qolişidan xavotirlanganini ta'kidlab ötgan.
Çeçeniston rahbari yangi masjid körinişidan karaxt holdaligini aytgan.
“Bu yerda ulkan iş qilingan, har bir detalning öz tarixi bor. Niyatlarimiz xolis edi va Tangri bizga yordam berdi. Kayfiyatimni söz bilan ifodalab bölmaydi, hali ham karaxt holdaman”, deb aytgan Qodirov.
Şalida oçilgan masjid öz içiga 30 ming kişini siğdira oladi. Bundan taşqari, yon atrofdagi hududga yana 70 ming kişi joylaşişi mumkin. Masjid qurilişida oq marmar, sof oltin qöllangan. Devordagi yozuvlar qölda bajarilgan. Masjid oçilişi Çeçenistonning birinçi prezidenti, Ramzon Qodirovning otasi Ahmad xoji Qodirov tuğilgan kuniga töğrilangan.













