10 mingga yaqin xöjalik yuritiş sub'yektlariga DSQ tomonidan talabnoma yuborilgan. Ular nimadan norozi?
Davlat soliq qömitasi 2021 yilning fevral oyida «Lozim darajada ehtiyotkorlik» xizmatini işga tuşirgan edi, unda şubhali soliq tölovçilar röyxati şakllantirildi.
Tizim orqali endilikda tadbirkorlar öz biznes-şeriklarining tölanişi kerak bölgan qöşilgan qiymat soliği (QQS) summalarini kamaytiriş tarzidagi huquqni suiiste'mol qilgan korxonalar röyxatiga tuşib qolgani yoki unda mavjud emasligini tekşirişi mumkin.
Qömita bergan xabarga köra, röyxatga ayni paytda 396 şubhali soliq tölovçilar kiritilgan bölib, ular bilan hamkorlik qilgan (tovar yoki xizmat olgan) qariyb 10 mingga yaqin xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan 1 trillion sömga yaqin QQS summasi hisobga olingan holda budjetga tölanmagan.
Ma'lum bölişiça, budjetga tölanmay kelingan 1 trillion sömga yaqin mablağni örniga qöyiş maqsadida röyxatga kiritilgan 396ta soliq tölovçi va ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorga talabnoma yuborilgan.
Talabnomada tadbirkorlik sub'yektlarining soliq qarzi (QQS miqdori) hamda soliq qarzini vaqtida tölamagan taqdirda çora körilişi bildirilgan.
Qömita soliq kodeksining 14-moddasiga muvofiq, notöğri işlagan soliq tölovçi (DSQ saytida e'lon qilingan röyxatga kirgan şubhali 396 korxonadan biri yoki bir neçtasi) bilan hamkorlik qilgan (tovar yoki xizmatlar sotib olgan) tadbirkorlik sub'yektlariga hisobga oliş qöllanilmaydi.
Hisobga oliş nima degani?
Moliyaçi Otabek Bakirov hisobga olişni şunday tuşuntiradi:
«A korxona «B» korxonadan QQS bilan 115 sömga mahsulot oldi va «S» korxonaga QQS bilan 150 sömga sotdi, deylik. Şunda «A» korxona aslida 5,25 söm QQS tölaydi (150-115)*15%. Lekin DSQ «B» korxonani «obnalçi» (












