Rossiya-Ukraina uruşi

Yakşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina örtasida energetika sohasida sulh tuzilgani haqida kutilmagan bayonot berdi. "Zudlik bilan kuçga kiruvçi Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda ENERGETIKA SOHASIDA ÖT OÇIŞNI TÖXTATIŞ joriy etilmoqda. Ikkala tomon ham bunga rozi böldi. Uni buzmang!" deb yozdi Tramp.

Ammo Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy kelişuv tafsilotlaridan xabari yöqligini bildirdi. Öt oçişni töxtatiş bayonoti böyiça Moskvadan ham heç qanday xabar bölmadi.

Munosabatlarning keskin yomonlaşuvi fonida, şanba kuni Tramp Zelenskiyni Rossiya neft zavodlariga hujumni "zudlik bilan töxtatişga" çaqirgandi.

Reuters manbalariga köra, AQŞ bunday zarbalarni töxtatişga undar ekan, Kiyevga bosim ham ötkazgan. Xususan, Ukraina bilan razvedka maʼlumotlarini almaşiş va qurol yetkazib berişni töxtatiş bilan tahdid qilgan. Zelenskiy esa Yevropa yetakçilari yordamida Tramp bilan munosabatlarni yumşatişga urinmoqda.

"Ukraina öt oçişni töxtatişni qöllab-quvvatlaydi va Rossiya ham uni qöllab-quvvatlaşi muhimdir. Biz Amerika tomonidan tafsilotlarni kutyapmiz”, dedi Zelenskiy Trampning postiga javoban. Zelenskiy özining tungi videomurojaatida Rossiya kuçlari hali ham energetika infratuzilmasiga havodan hujum qilayotganini taʼkidladi.

Tramp, şuningdek, ukrainaliklarni yangi saylovlar ötkazib, öz rahbarini almaştirişga çaqirdi: "Ukrainaga yangi prezident kerak", dedi u. Trampning aytişiça, Zelenskiy Moskva bilan kelişuvga erişiş uçun bir neçta imkoniyatni qöldan boy bergan.

Zelenskiy bunga javoban, agar Putin 60 kunlik öt oçişni töxtatişga rozi bölsa, saylov ötkazişini, öz rahbarini tanlaş "ukrainaliklarning ixtiyorida" ekanini aytdi.

Ukraina qonunçiligi uruş paytida saylovlar ötkazişni taqiqlaydi. Bunday vaqtda köpçilik tinç aholining bir joyga töplanişi xavfsizlik tomonidan maqbul emas.

Şuningdek, Zelenskiy energiya narxlarining oşişiga özi sababçi ekanini rad etib, bunga Yaqin Şarqdagi uruş kattaroq omil ekanini qöşimça qildi. Yaqin Şarqda Eronga qarşi uruşni esa AQŞning özi Isroil bilan birgalikda boşlagan.

Husiyçilarning Saudiyaga hujumlari

Yamandagi Eron bilan ittifoqdoş husiyçilarning Saudiya Arabistoniga hujumlari töxtamayapti. 11-oktabr kuni Ar-Riyodda Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportning 4-terminaliga nomaʼlum snaryad tuşib, yonğin çiqdi. Saudiya fuqaro aviatsiyasi idorasi maʼlumotiga köra, bir kişi öldirilgan, 11 kişi yaralangan. 10-oktabr kuni xuddi şu aeroportga berilgan zarbada 13 kişi öldirilgan, 309 kişi yaralangandi. Bu qirollikda ön yildan ortiq vaqt içidagi eng qonli hujum böldi. Öldirilganlarning tört nafari saudiyalik, qolganlari xorijliklar.