Yevropa – dunyodagi eng tez qiziyotgan qitʼa boʻlmoqda. Shveysariyalik olimlarning tadqiqot natijalariga koʻra (.pdf), bu fonda Shveysariyaning Alp togʻlarida asrlar mobaynida mavjud boʻlgan mashhur muzliklar tez surʼatlarda erib bormoqda. Olimlar aniqlashicha, 2026-yilgi issiq harorat natijasida muzning 5,5 foiz qismi yoʻq boʻlgan, 2021-yildan boshlab besh yil ichida esa Shveysariyadagi jami muz hajmi qariyb 20 foizga qisqargan. Quyida Alpdagi muzliklar qanday oʻzgarayotgani koʻrsatilgan suratlar.

Olimlar xulosasi. Qisqacha
Alp togʻlaridagi muzliklar soʻnggi oʻn yilliklarda doimiy ravishda kamayib kelgan, ammo hozirgidek tezlikda erimagandi. 2022-yildan 2026-yilgacha boʻlgan oraliqdagi erish surʼati – kuzatuvlar tarixida boshqa har qanday besh yillikka qaraganda ikki baravar tezroq boʻldi.
Asosiy sabab – qishda qor kam yogʻayotgani va yozda harorat yuqori boʻlayotganidir. 2026-yil qishida qor juda kam yoqqan, bu ayniqsa Alpning sharqiy va janubiy qismida sezilarli boʻlgan.
Koʻplab muzliklar uchun yoʻqotishlar misli koʻrilmagan darajaga yetdi va kuzatuvlar tarixida eng kuchli erish yili boʻlgan 2022-yilgi koʻrsatkichlarni ham ortda qoldirgan.
Ayrim muzliklarning oʻrtacha qalinligi 2026-yilda 2,5-4 metrga qisqardi.
Ayrim «muz tillari» – koʻllarga tushib keluvchi uzun va ingichka muz qatlamlari – 2026-yilda 10 metrga qisqardi.
Olimlar muzliklar ichkaridan qulashini – iliq suv muz ostidagi boʻshliqlarni yuvib ketishi natijasida sodir boʻlayotganini tobora koʻproq kuzatmoqda.
Bir necha kichik muzliklar butunlay yoʻqolib ketgan.



















