Murad Buildings – «2020 yilning eng yaxshi ish beruvchisi» tanlovi g‘olibi

5 noyabr 2020 yil, DaVinci Management Consulting kompaniyasi tomonidan har yili tashkil etiladigan «Yilning eng yaxshi ish beruvchisi» mukofotining taqdirlash marosimi tarixda ilk bor onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Shunisi e'tiborliki, karantin va uning ko‘pchilik uchun ta'sir qilgan oqibatlariga qaramay, mukofotning beshinchi yubileyiga bo‘lgan qiziqish so‘ngani yo‘q.
Murad Buildings, shu yil ham, mamlakatning taniqli kompaniyalari bilan bir qatorda o‘z toifasida munosib o‘rin egallab, «2020 yilning eng yaxshi ish beruvchisi» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofot natijalari 1356 ta ekspert, o‘rta va yuqori darajadagi menejyerlar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar xulosasiga tayanadi. Mazkur tadqiqot 2020 yil aprel oyidan sentabr oyigacha o‘tkazilgan.
Eng yaxshi ish beruvchilar uchun taqdim etiladigan ushbu mukofotning o‘ziga xos xususiyati nimada?
- Birinchidan, bu har qanday muvaffaqiyatli kompaniyaning erishgan yutuqlari ortida xodimlar, jamoa, o‘z kasbini yaxshi ko‘radigan, ishini ko‘zini biladigan insonlar turganining e'tirofidir;
- Ikkinchidan, bu kompaniyada o‘ziga xos an'analari va korporativ madaniyati mavjudligi ko‘rsatkichidir. Bularning barchasi kompaniya qadriyatlari, prinsiplari va kelajak haqidagi tasavvurlari bilan uyg‘unlashganida ko‘plab ish izlovchilar uchun qiziqarli va jozibali omil sifatida xizmat qiladi;
- Uchinchidan, kompaniyani bo‘lajak ish joyi sifatida tanlashdagi muhim mezonlaridan biri bu kompaniyaning shuhrati va yaxshi nomidir. Kompaniya o‘z obro‘-e'tiboriga yillar mobaynida yig‘ilib kelgan kichik g‘alabalardan tortib, katta yutuqlar evaziga erishadi. Kompaniyaning «tashqi baholashga» tayyorligi va bu kabi reytinglarda ishtirok etishining o‘zi ham, kompaniya maqomini oshiradi, uning ochiqligidan darak beradi va insonlar ishonchini qozonishiga yordam beradi;
- To‘rtinchidan, har qanday muvaffaqiyatli kompaniya bu tinimsiz rivojlanish jarayoniga o‘xshaydi. Bu jihatdan kompaniya oddiydan murakkabga, kichikdan ulkanlik sari o‘tishi va bularning barchasi zamirida faqat kompaniyada ishlovchilarning foydasi uchun emas, balki mehnat qiladigan insonlarning fidoyiligi, kompaniya ishlab chiqaradigan mahsuloti orqali ko‘plab boshqa insonlar muammolarini hal qilish va dunyoni yanada ko‘rkamroq joyga aylantirish g‘oyasi yotadi;
- Beshinchidan, kompaniyaning u yoki bu sohadagi muvaffaqiyatini ijobiy baholash, kompaniya va uning xodimlarining yanada o‘sishga turtki bo‘ladi. Xodimlarning ulkan maqsadlar sari intilishlari va kompaniyada inson resurlarini rivojlanitirishga alohida e'tibor berish, komaniya muvaffaqiyatining eng muhim omili sifatida xizmat qiladi.
Murad Buildings mamlakatning ilg‘or kompaniyalari qatorida o‘zining eng muhim va qadrli resurs bo‘lmish – inson kapitalini rivojlanishida yuqorida eslatib o‘tilgan barcha fazilatlarga ega. Kompaniya 17 yildan buyon ko‘chmas mulk sohasida ko‘plab mavjud va yangi loyihalarni rivojlantirishda ishonch bilan harakat qilib kelmoqda.
Bu, shuningdek, Murad Buildings ishtirok etgan barcha xalqaro loyihalarga nisbatan ham taalluqli. Kompaniya turkiyalik hamkor O'zguven bilan birgalikda Tashkent City'da eng ulkan loyiha – Nest One, O‘zbekistonda birinchi va yagona osmono‘par binosini barpo etmoqda. Shuningdek, Murad Buildings qozog‘istonlik BI Group bilan sherikchilikda yangi NRG brendini yaratdi. NRG kompaniyasi poytaxtning bir necha tumanlarida yangi formatdagi, o‘zining qulayligi va mustahkamligi bilan ajralib turuvchi yangi turar joy majmualarini barpo etishni boshlab yuborgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Sport | 01:32
-
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT
Jahon | 00:59
-
Xitoyda sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga qarshi tergov boshlandi
Jahon | 00:38
-
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi
Jahon | 23:36 / 06.04.2025
Mavzuga oid

09:00 / 06.12.2023
Murad Buildingsʼning 20 yilligi munosabati bilan BMW sohibi bo‘ling!

17:55 / 23.12.2022
Ikki davlat prezidentlari Toshkentdagi birinchi “Bigvil” qurilishiga start berdilar

09:00 / 25.05.2022
Murad Buildings va Nest One yilning eng yaxshi brendlari deb topildi

15:55 / 29.03.2021