«Bizda maişiy zöravonlikka oilaviy masala sifatida qaraladi» - TDYuU mustaqil tadqiqotçisi bilan suhbat
|21:17 / 27.04.202124 58711 min
Yaqinda termizlik öquvçi qiz zörlangani, xorazmlik kelinning öz joniga qasd qilgani haqidagi xabarlar jamoatçilikni larzaga keltirdi. Xotin-qizlarga nisbatan bölayotgan zöravonliklarning sababi nimada? Masala ildizlari qayerda?BizToşkent davlat yuridik universitetida gender tengligi masalalari böyiça mustaqil izlanuvçi Kamola Aliyeva bilan jamiyatda zöravonlik nima uçun normal qabul qilinişi, xotin-qizlar huquqlari, OAVda jinsiy zöravonlik tarğiboti va boşqa muhim masalalar yuzasidan suhbatlaşdik.
Maişiy zöravonlik nima degani?
Oilaviy maişiy zöravonlik - bu oila a'zolari tomonidan bir şaxsga iqtisodiy, ruhiy, jismoniy yoki jinsiy zöravonlikni amalga oşiriş yoki amalga oşiriş bilan tahdid qiliş tuşuniladi. Victim blaming (inglizçadan)esa zöravonlik qurbonini ayblaş, ya'ni zöravonlik sodir etilganda aybi borligini aytiş, psixologik bosim ötkazişdir. Shaming - bu uyaltiriş. Markaziy Osiyo davlatlarida uyaltiriş madaniyati juda kuçli. Agar qiz bola yoki ayol kişi jinsiy yoki jismoniy zöravonlik qurboni bölsa, uni uyaltiriş holatlari ham böladi. Oiladagi zöravonlikka çidaşni xohlamasa ham uyaltiriladi.
Masalan, "Sevimli" telekanalida "Mahallada duv-duv gap" körsatuvida sevgan yigiti bilan munosabatda bölib, jismoniy va jinsiy zöravonlikka uçragan qiz iştirok etdi. Zöravonlikka uçraganlik holati çetda qolib uni barça ekspertlar uyaltirişi – shaming amalga oşirilgan. Zöravonlik holatida ham uni ayblaş, ya'ni victim blaming ham sodir böldi.
"Afsuski, bizda oiladagi zöravonlikka uy içidagi muammo sifatida qaraladi"
Markaziy Osiyo, xususan, Özbekistonda zöravonlik “madaniyati” şakllanib ulgurgan. Oilada sodir böladigan har qanday zöravonlikka uy içidagi muammo, oilaviy masala sifatida qaraladi. Nafaqat jamiyat, qöşnilar yoki qarindoşlar, balki mahalla, huquq-tartibot organlari ham zöravonlikni oilaviy masala sifatida körişadi.
Mavzuga oid
Nima uçun oilaviy zöravonlik jamiyatda normal holat deb qabul qilinadi? Uning ildizlari qayerda?
"Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida"gi Qonun bor. Unda zöravonlikning 4 ta turi: jismoniy, jinsiy, ruhiy va iqtisodiy zöravonlik keltirilgan. Lekin oilaviy-maişiy zöravonlik degan tuşunça berilmagan. Afsuski, jismoniy zöravonlikka uçragan şaxslarda javobgarlik masalasi ham "oilaviy zöravonlik" tuşunçasi yöqligi, javobgarlik belgilanmaganligi tufayli Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksda tahqirlaş, tuhmat qiliş yoki yengil tan jarohati yetkaziş moddasi bilan kvalifikatsiya qilinib, zöravon jarima tölaş bilan çeklanadi yoki himoya orderi bilan ayolidan 30 kunga uzoqlaştiriladi.
Zöravonlikni amalga oşirayotgan şaxs özining javobgarlikka tortilmasligini biladi. Jamiyat ham zöravonlik qilayotgan şaxsni oqlaşga harakat qiladi. Bunday holatda ayol kişi zöravonlik haqida xabar bermasligi yoki uning atrofidagilari, oila a'zolari tomonidan çidaş kerak, turmuşning muşti böladi, farzandlaring uçun çidagin, qabilida iş tutiladi.
Maqollarimiz ham zöravonlik holatida jim yuriş kerakligini tarğib qiladi. Masalan, "Çiqqan qiz çiğiriqdan taşqari", "Suv kelsa simirib, toş kelsa, kemirib" maqollari, "Öliging ham şu oilaniki" degan aqidalarning azaldan mavjudligi oilaviy zöravonlikning yillar davomida davom etib kelayotgan ildizlari hisoblanadi.
Qiz va öğil bola tarbiyasida ham ota-onalar ikki xil yönalişni tanlaşadi. Qizlarga asosan bölajak kelin, ona sifatida qaraladi. Yigitlarga esa bölajak oila boquvçisi deb qaraladi. Ularga nisbatan bölgan talab har doim ham adolatli bölavermaydi. Qizlarning esa ta'lim oliş, mehnat qiliş huquqi çeklanadi. Oila qurganda uyda nima gap bölgan taqdirda ham taşqariga olib çiqmaslik, sabr qiliş odati şakllantiriladi.
Özim tadqiqot olib borganim uçun gender.stat.uz saytida oilaviy zöravonlik qurbonlari haqida heç qanday ma'lumot yöq. Bu nima degani? Biz real muammo kölamini bilmaymiz.
"Himoya orderining 1 oylik muddati juda kamlik qiladi"
Kamola Aliyeva
Himoya orderi zöravonlikka uçragan ayolga 1 oy muddatga beriladi. Order nusxasi zöravonlikni sodir etgan şaxs – erga beriladi va 30 kun davomida zöravonlikdan profilaktika ötaşi kerak. Lekin bu yerda katta savol turibdi: himoya orderi olgan ayolga nisbatan sodir etilgan zöravonlikning oldini oliş uçun nima qilindi, zöravonlik qilgan şaxs bilan psixolog yoki mahalla faoli işladimi, 30 kun muddatda zöravon er ayoliga nisbatan munosabatini özgartirdimi, ular yaraştirildimi va qanday asosga köra? Bular haqida jamoatçilikka ma'lumot töliq yetkazilmagan.
Mutasaddilar oldida özini yaxşi tutgan er uyda yana zöravonlik qilmasligiga kim kafolat bera oladi? Xalqaro standartlar böyiça himoya orderi 1-2 yil muddatga beriladi. Bizning amaliyotda 1 oylik muddat juda kam. Zöravon er bir oy içida özgarişi qiyin. Zöravonlik sodir etayotgan erkaklar nima uçun bu işni qilişini örganiş va asosiy e'tiborni şunga qaratiş kerak.
Nima uçun erkak öz jahlini jilovlay olmaydi?
Gender tadqiqot ötkazdim. Sörov iştirokçilariga şunday savol berdim: ba'zida er xotinining qilayotgan işlaridan asabiylaşadi yoki ğazablanadi. Sizningça, agar er xotini bilan janjallaşsa, u xotinini turtiş yoki urişga haqlimi? U öz harakatlari uçun oqlanişi kerakmi? 500dan ortiq respondentlar qatnaşdi. Ularning aksariyat qismi oqlanişi mumkinmas, degan javoblarni bergan. Ayrimlar öldirişgayam haqqi bor, degan. Bundan dahşatga tuşiş mumkin.
Nima uçun erkak öz jahlini jilovlay olmaydi? Bu oilaviy muhitga borib taqalyapti. Öğil va qiz bolaga ikki xil yondaşuv sabab bölyapti. Öğil bola urişsa, kimdir bilan muştlaşsa, bu normal holat. Bu jasorat, mardlik sifatida qabul qilinadi. Qizlarga esa muloyim, jahli çiqsayam jim ötirişi, tobe bölişi kerakligi uqtiriladi. Yigitlar esa rağbatlantiriladi.
Muttasil ruhiy bosimdan çiqiş yöli bormi?
Ayollar psixologga murojaat qilişi, töğri maslahat bera oladigan odamni topa olişlari kerak. Ijtimoiy tarmoqda ham köngilli yordam beruvçi kanallar bor. Facebook'da Sukut saqlama (NeMolçi.uz) loyihasini misol qilib keltira olaman. U yerda yordamga muhtojlarga kömak beruvçi köngilli psixolog, yuristlar ham bor. 1146 qisqa raqami ham bor. Tadqiqotim doirasida uşbu qisqa raqamni – 103, 102 raqamlarini bir-biriga integratsiya qilişni taklif qilganman. Murojaat qilganlar holatga qarab yönaltiriladi. Buning uçun yetarli mutaxassislarni tayyorlay olişimiz kerak.
"2016 yilgaça oilaviy zöravonlik Özbekistonda borligi haqida öylab körmaganman"
2016 yilgaça bizda oilaviy zöravonlik bor, deb öylab körmagan ekanman. Çunki gender tengligi, oilaviy zöravonlik haqida heç qayerda gapirilmagan. Biz oilaviy zöravonlik oilaviy masala sifatida körilgan jamiyatda ösganmiz. Çidaş va sabr qiliş kerak, deb jamiyat bosimiga çidab kelingan. Aslida, buni bosim deb ham qabul qilmaganmiz.
"OAVda jinsiy kamsitiliş tarğib qilinişi stereotiplarning yanada ildiz otişiga sabab böladi"
"Sevimli" telekanalida "Mahallada duv-duv gap" körsatuvi efirga uzatiladi. Unda muammosi bilan kelgan ayolga psixolog (!) baqirib, nima uçun ayb qilgansiz, deb döq qiladi. Bunda victim blaming holati kuzatilyapti. "Mening qaynonam general" körsatuvida esa ayollar kelin, qaynona rolida tarğib qilinadi, hamma narsaga ulgurişi kerakligi va konkurs darajasida ötkazilib, kelin barça talablarni bajarsa, u ğolib bölişi körsatiladi. Körsatuvning bir sonida hatto, oilaviy zöravonlikni oqlab çiqqan holati bölgan. Unda şunaqa deyilgan: "Turmuş degani bu törtta muşt. Özingiz ham şu muştdan yeganmisiz, deb sörasa, ha, bölgan, oilada bölib turadi, deyilgan.
Televideniye orqali oilaviy zöravonlikni normal holat sifatida qabul qiliş tarğib qilinyapti. "ZÖR TV" telekanalida namoyiş etilayotgan "Yor-yor" körsatuvida kuyov va kelin qarindoşlari iştirok etişadi, özaro savol-javoblar orqali bir-birlari haqida ma'lumotga ega bölişga harakat qilişadi. Unda boşlovçilar kelin tarafga quyidagi mazmundagi savollar bilan murojaat qiladi:
Kelinlikka nomzod ovqat qilişni biladimi?
Uyni yaxşi tozalaydimi?
Bolalarni yaxşi köradimi?
Telefon işlatadimi?
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadimi?
Eri işni taşlaysan, uyda ötirasan, deyişsa, kelinlikka nomzod bunga könadimi?
Töydan keyin farzandli bölgaç, ham uy, ham bola parvarişlariga ulgura oladimi?
Kuyovlikka nomzodlarga esa oilani boqiş qölidan kelişi, turmuş örtoqlikka qanday talablari borligi söraladi, xolos. Uşbu körsatuvda xotin-qizlarning mustaqil şaxs sifatida öz fikriga ega bölmagan, doim özini boşqa oila a'zolariga tobe hisoblaşi kerak bölgan, har doim “xöp” deb turadigan uy bekasi, uy tozalovçi sifatida namoyon etilişi ayollar qadr-qimmati kamsitilişi, huquqini poymol qiladi, deb baholaş mumkin.
Filmlarga keladigan bölsak, köp tanqid ostiga olinuvçi Ahad Qayum rejissyorligida olingan filmlarning nomlanişidan ham bilsak böladi. Hammasida ayollarga bölgan nafrat, ular yomon obrazda tarğib qilinadi. Bunday filmlarda mezoginiya (ayollardan nafratlaniş) hissi kuçli. "Sotilgan nomus", "Suyuqoyoq", "Ayol makri", "Xiyonatkor kelin”. Röyxatni yana uzoq davom ettirişim mumkin. Bunday filmlar jamiyatda gender stereotiplarini tarğib qilişda katta rol öynamoqda.
Muhabbat Ma'mirova, Kun.uz muxbiri,
Operator va montaj ustasi - Nuriddin Nursaidov.