Yer kurrasidagi har uçinçi kişi muntazam ravişda tişlarini ğiçirlatadi. Bu kattalar va bolalarga birday boğliq jarayon. Ammo boşlanğiç davrda unçalik e'tiborni tortmagan ğayritabiiy tovuşlar bora-bora bolakayning ota-onasining asablarini yeb bitirişi heç gap emas. Ularning sababi gijjalar bölsa-çi? Yoki u tişini şikastlab olsa nima böladi? Balki bu xavflidir?

Quyida bolalar tişlarini ğiçirlatişiga oid sabablar bilan taniştiramiz. Aytişimiz şart: tinçlaning, faqat tinçlaning.

Bruksizm nima va u qayerdan kelib çiqadi?

Tişlarning beixtiyoriy ğiçirlaşi tibbiyot sohasida bruksizm deb ataladi (qadimgi yunon tilidan «tişning ğarç-ğurçi» ma'nosini beradi). Bolalardagi bruksizm xurujlari aksariyat hollarda uyqu vaqtida röy beradi — uning çuqur davrida — yoki qattiq xavotirlanişlar paytida.

Bolalarni jağ suyagini ğiçirlatişga majbur qiluvçi aniq sabablar hanuz ekspertlar uçun noma'lum bölib qolmoqda. Biroq ba'zi özaro aloqalar aniqlanişiga erişilgan. Şunday qilib, çaynaş muskulaturasining ixtiyorsiz qisqarişi köp hollarda quyidagi omillar bilan boğliqdir.

Bolaning sut yoki doimiy tişlari çiqyapti

Tişlarning yorib çiqişi yetarli darajada oğriqli jarayondir. Bu vaqtda milklar qiçişadi va bolakay özidagi yoqimsiz sezgini bosiş uçun ongsiz ravişda jağini qisadi.

Notekis tişlam sababli

Tepa va pastki tişlar bir-biriga notöğri birikişi va buning natijasida jağlar jipslaşmasligi kuzatiladi. Noqulaylik tuğilgandan söng bola tişlar bir-biriga xalaqit bermaydigan holatni topiş uçun jağlarini har tomonga qiyşaytirişni boşlaydi.

Jağ uçun bosim yetişmasligi

Bu vaziyat bir yarim yoşdan oşgan va qandaydir sabab bilan yetarli darajada qattiq ovqat qabul qilmaydigan bolalar orasida keng tarqalgan. Masalan, ona bola uçun sut yetarli deb öylaydi.

Bir neça kun davomida jağ suyaklari kerakli yuklamani qabul qilmaydi va organizm tuni bilan buning örnini qoplaşga uringani uçun jağ muşaklarini qisqarişga majbur etadi. Tiş ğiçirlaşi esa uşbu jarayonning keyingi körinişidir.